“Chelsi” APL navbatdagi turida “Suonsi”ni kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.
Bu “aristokratlar” ustozi Antonio Kontening APLdagi 50-g‘alabasiga aylandi. Buning uchun Kontega 73 ta o‘yin kerak bo‘ldi.
Italiyalik mutaxassis Angliyada zafar quchish borasida Joze Mourinyo(63 ta g‘alaba) va Pep Gvardiola (69 ta g‘alaba)ni ta’qib qilmoqda.