Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina - Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:00 Braziliya - Argentina
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Fotogalereya: Gollandiya chempionatining eng iqtidorli futbolchilari

Fotogalereya: Gollandiya chempionatining eng iqtidorli futbolchilari

Baho:
+ | -

PSV klubi Gollandiya chempionligini rasmiylashtirdi. Soccer.ru blogeri shu munosabat bilan muxlislarni Erediviziyadagi iqtidorli futbolchilar bilan tanishtirishga qaror qildi.

So‘nggi paytlarda Gollandiya chempionatiga bo‘lgan qiziqish sezilarli ravishda pasaydi. Buning o‘ziga xos sabablari bor va ushbu mavzuda ko‘p gapirilgan. Mazkur turnir avvallari yangi yulduzlar, ajoyib iqtidorga ega yoshlarni kashf etib, ularni top-klublarga kuzatib qo‘yardi.

Ammo bu siyosat o‘z so‘zini aytdi. Gollandiyada qolgan futbolchilarning saviyasi avvalgilaridan past ekanligi oydinlashdi. Avvallari Angliyaning kuchli klublari lolalar yurtidagi iqtidorlarga xaridor bo‘lishardi, hozir esa o‘rtamiyona yoki autsayder jamoalarda ham ushbu mamlakatdagi yulduzlarni sotib olish uchun mablag‘ yetadi.

Shuningdek, ayrim an’analar o‘zgarmoqda. Masalan, endilikda Gollandiyaga faoliyatini yakunlash arafasidagi tajribali futbolchilar kelishmoqda, avvallari bunaqasi uchramasdi. Qisqasi, butsasini mixga ilishga shaylanayotganlarga ham joy topilmoqda.

Qaysidir ma’noda, bu yaxshi hol, zero Xuntelar yana «Ayaks» safida gollar urmoqda. Ammo vaziyatning bunday tus olishi Gollandiyada ushbu «qariyalar»ning o‘rnini egallashga qodir yoshlarning yetarli emasligini bildiradi. To‘purarlar poygasidagi ko‘rsatkichlar esa hujumchilar borasida ham tanqislik borligini isbotlaydi.

Bir-ikki yil avval eng yaxshi mergan o‘ttiztalab to‘p kiritgan bo‘lsa, hozir «Villem II» futbolchisi 16ta gol bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Yana ko‘plab forvardlarda 14-15tadan gol bor.

Bu esa maqtovga loyiq natija emas. Shunga qaramay, top-klublarda salohiyatini namoyon eta oladigan, tez orada xaridorlari ko‘payishi kutilayotgan futbolchilar ham yo‘q emas. Quyidagi ro‘yxatda o‘sha iqtidorli yoshlar bilan tanishtiramiz.

Matiys de Ligt («Ayaks»)

Shartnomasi: 2021 yilgacha

Narxi: 25 mln. yevro (narxlar Transfermarkt ma’lumotlari asosida ko‘rsatilgan)

Nufuzli portal kutilmaganda Gollandiya chempionatidagi eng qimmat o‘yinchi sifatida markaziy himoyachini qayd etdi. Ammo bunga hayron bo‘lish shartmas.

De Ligt endigina 18 yoshni qarshilaganiga qaramay, yuqori saviyali o‘yin ko‘rsatmoqda. Umuman, gollandlar orasida bunday baquvvat, chapdast, aqlli va universal himoyachilar tobora ko‘paymoqda. Matiys bu borada van Deyk hamda de Vreyning ortidan bordi.

Mazkur holatda muayyan potensial haqida gap bormoqda. Boshqa tomondan, «Manchester Siti» sharofati bilan himoyachilarning narxi keskin ortdi, chunki ular hozir tanqis. Demak, de Ligt hamda mudofaa chizig‘ining boshqa vakillari o‘zlarining nimalarga qodirliklarini isbotlashlariga to‘g‘ri keladi.

Irving Losano (PSV)

Shartnomasi: 2023 yilgacha

Narxi: 22 mln. yevro

Gollandiya chempionligini nishonlagan PSV vingerining kuchli klubga o‘tish imkoniyati yuqori. Eyndxoven jamoasi Losanoni sotish orqali katta daromad olishi mumkin: o‘tgan yili meksikalik futbolchini «Pachuka»dan 8 million yevroga xarid qilgandi.

Ayni payt PSVning eng yaxshi to‘purari (chempionatda 15ta gol, 12ta assist rasmiylashtirgan) ko‘plab top-klublar kuzatuvida. Ular orasida Londonning «Arsenal», Dortmundning «Borussiya»sidan tortib, «Manchester Siti»gacha bor.

Muzokaralar davomida ushbu futbolchining narxi 60-70 million yevrogacha oshishi kutilmoqda. Bu tabiiy hol, zero Losanoning yoshi 22da, eyndxovenliklar bilan 2023 yilgacha shartnoma imzolagan. Irvingdagi universallik har qanday jamoaning kuchayishiga zamin yaratadi.

Kasper Dolberg («Ayaks»)

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda. 
Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 20:46, 29.04.2018.
O'qildi: 7101 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.