Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Milliy terma jamoa o‘yini sabab Superliga 12-turida o‘zgarish yuzaga keldi

Milliy terma jamoa o‘yini sabab Superliga 12-turida o‘zgarish yuzaga keldi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasining 19 may kuni bo‘lib o‘tadigan Eronga qarshi o‘yini sabab Superliga taqvimida o‘zgarish yuzaga keldi.

Eron va O‘zbekiston termalarining Tehronda o‘tishi kerak bo‘lgan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari 17 may sanasiga kelishilgan bo‘lib, PFL Superliga taqvimini shunga qarab moslashtirgandi. Biroq keyinchalik forslar 19 may sanasi bo‘yicha kelishuv taklif qildi. Shu tariqa o‘rtoqlik o‘yinining o‘tishi so‘roq ostida qoldi. Ammo yaqinlashib kelayotgan Osiyo O‘yinlari sabab terma jamoa murabbiylar shtabi Eronga qarshi uchrashuvni kerakli deb hisobladi.

Shundan so‘ng O‘FA hamda PFL masala yechimini terma jamoaga nisbatan ko‘proq futbolchilar berayotgan klublar bosh murabbiylari hukmiga qoldirdi. Agar ular Eronga qarshi uchrashuv hech narsa bermasligi borasida qaror chiqarsa, Tehrondagi o‘yin bekor bo‘lishi kerak edi. “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Nasaf”, “Navbahor” murabbiylari ishtirok etgan yig‘ilishda JCH chiptasini qo‘lga kiritgan termaga qarshi o‘yin foydali bo‘lishi ta’kidlandi. Kelishuv o‘z kuchida qolishi uchun murabbiylar taklif berdi — Superliganing 12-tur bellashuvlari boshqa sanaga ko‘chirilishi kerak edi.

Shundan kelib chiqib, PFL 12-tur vaqtlariga o‘zgartirish kiritdi. Eronga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yini esa o‘z kuchini saqlab qoldi.

12-tur bellashuvlari 20 may kuni start olib, 22 may kuni yakuniga yetishi kerak edi. Endilikda “Nasaf” hamda “Neftchi” klublari o‘rtasidagi bellashuv 14 may — dushanba kuniga ko‘chdi. AGMK — “Bunyodkor”, “Navbahor” — Metallurg”, “So‘g‘diyona” — “Paxtakor” uchrashuvlari esa 15 may sanasiga tayin qilindi. Osiyo Chempionlar Ligasida ishtirok etayotgan O‘zbekiston klublarining xalqaro maydondan chetda qolgani aynan shu kunlarda bo‘shliq hosil qilayotgandi.

Milliy terma jamoa Eronga 17 may kuni yo‘l oladi hamda 20 may sanasida qaytib keladi. Terma jamoa lageriga nisbatan kamroq futbolchisini jo‘natayotgan “Qo‘qon-1912” hamda “Lokomotiv” klublari ishtirokidagi 2 ta o‘yin 22 may — seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Superliga

12-tur

14 may, dushanba

“Nasaf” — “Neftchi”

15 may, seshanba

AGMK — “Bunyodkor”

“Navbahor” — “Metallurg”

“So‘g‘diyona” — “Paxtakor”

22 may, seshanba

“Qo‘qon-1912” — Buxoro

“Lokomotiv” — “Qizilqum”  

Keyinroq o‘yinlar vaqti Ramazon taqvimidan kelib chiqib belgilanadi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 13:38, 30.04.2018.
O'qildi: 4869 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.