Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 20:00 Fransiya 2-3 Argentina
04/10 21:30 Napoli - Komo
04/10 23:45 Verona - Venetsiya
05/10 00:00 Leganes - Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas - Liverpul
05/10 17:00 Espanyol - Malyorka
05/10 18:00 Udineze - Lechche
05/10 19:00 Arsenal - Sautgempton
05/10 19:00 Brentford - Vulverhempton
05/10 19:00 Lester - Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem - Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti - Fulhem
05/10 19:15 Xetafe - Osasuna
05/10 21:00 Atalanta - Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas - Selta
05/10 21:30 Valyadolid - Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton - Nyukasl
05/10 23:45 Inter - Torino
06/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal

«Bunyodkor» Qo‘qonda yutqazdi

«Bunyodkor» Qo‘qonda yutqazdi

Baho:
+ | -

So‘nggi uchrashuvlarda g‘alaba qozona olmayotgan "Qo‘qon-1912" va "Bunyodkor" jamoalari Qo‘qondagi "Markaziy" stadionda to‘qnash kelishdi. Har ikkala jamoaga g‘alaba juda zarur edi. Mazkur bahsni diskvalifikasiya tufayli qo‘qonliklar yetakchisi Murod Xolmuhammedov o‘tkazib yubordi.

O‘yindagi birinchi xavfli vaziyat mehmonlar tomonidan tashkil etildi. Lekin undan Mirjalol Qosimov shogirdlari unumli foydalana olishmadi. Uchrashuvning 8-daqiqasida esa mezbonlarda yaxshi imkoniyat vujudga keldi. Igor Taranning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi. Taym o‘rtalariga kelib ustunlik to‘liq «Qo‘qon-1912» tomoniga o‘tdi. Ular ketma-ket hujum uyushtirishdi.

Bahsning 33-daqiqada burchak zarbasidan so‘ng, No‘’mon Hasanov shogirdlari hisobni ochishi mumkin edi. “Bunyodkor” himoyachilari xavfni bartaraf etib qolishdi.  Oradan 2 daqiqa o‘tib Sobirxo‘jayev-Toshmatov-G‘iyosov kombinasiyasidan so‘ng Xurshidning boshi bilan yo‘llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib maydonni tark etdi. Bu vaziyatda hakam o‘yindan tashqari holatni ham qayd etdi.

41-daqiqada Milan Spremoda juda qulay imkoniyat yuzaga kelgandi. Biroq serbiyalik o‘yinchining zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi. Legioner futbolchi deyarli birga-bir vaziyatga chiqib borgandi. Birinchi bo‘lim nursiz durang bilan yakun topdi.

Uchrashuvning 50-daqiqada raqib darvozasi oldida navbatdagi xavfli vaziyat vujudga keldi. Suhrob Berdiyevning kuchli zarbasini Murod Zuhurov katta qiyinchilik bilan qaytarib qoldi. 56-daqiqada jarima maydonchasi ichiga oshirilgan to‘pni Darko Gojkovich boshi bilan raqib darvozasi tomon yo‘lladi. Biroq zarbaga biroz aniqlik yetishmadi.

72-daqiqada mehmonlar hisobni ochishlari mumkin edi. O‘tkir Yusupovning mahorati qo‘qonliklarni muqarrar goldan saqlab qoldi. 76-daqiqada qarshi hujumdan so‘ng Filip Rayevas yaqin masofadan boshi bilan aniq zarba yo‘llagandi, mezbon jamoa posboni yana o‘zini ko‘rsatdi.

80-daqiqada Nosir Otaqo‘ziyevning boshi bilan bergan zarbasini Zuhurov qaytarib qolgandi. Keyingi hujumda esa mezbonlar hisobni ochishdi. Aynan Nosir Otaqo‘ziyev himoyadagi pala-partishlikdan unumli foydalandi — 1:0. 86-daqiqa Milan Spremo qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va uning uzatgan to‘pini mehmonlar maydonga tashqarisiga chiqarib yuborishdi.

O‘yin so‘nggiga qadar hisob o‘zgarmadi va "Qo‘qon-1912" muhim bo‘lgan g‘alabani qo‘lga kiritdi. "Bunyodkor"ning mag‘lubiyatli o‘yinlar seriyasi 3taga yetdi.

Superliga, 9-tur
“Qo‘qon-1912” – “Bunyodkor” – 1:0 (0:0)
Hakamlar: I. Tantashev (Buxoro), A. Snetkov (Toshkent vil.), S. Ulfatov (Toshkent vil.), D. Jalimov (Toshkent vil.).
Nazoratchi – S. Ermatov (Toshkent).
Komissar – R. Chernikov.
Gol: Nosir Otaqo‘ziyev – 80,
“Qo‘qon-1912”: 1. O‘tkir Yusupov, 7. Jamshid Hasanov, 10. Javohir Sidiqov (5. G‘iyos Komilov-90), 15. Oybek Rustamov, 17. Quvondiq Ro‘ziyev, 19. Suhrob Berdiyev (9. Nosir Otaqo‘ziyev-75), 23. Aleksandr Merzlyakov, 29. Igor Taran (96. Muhammadanas Hasanov-56), 55. Darko Gojkovich, 65. Marko Milich, 95. Milan Spremo.
Zaxira: 21. Muzaffar Abdullayev, 4. Bahodir Akramov, 14. Avaz Mamatxo‘jayev, 18. Bahodir Pardayev.
“Bunyodkor”: 25. Murod Zuhurov, 2. Rustam Ashurmatov, 3. Islom Qobilov, 4. Akram Komilov (9. Shahzod Nurmatov-45), 11. Murod Toshmatov, 18. Sardor Sobirxo‘jayev, 20. Mirg‘iyos Sulaymonov, 28. Davron Umirov, 30. Xurshid G‘iyosov (21. Rasul Yuldashev-88), 44. Mirjamol Qosimov, 99. Filip Rayevas (62. Jahongir Abdusalomov-91).
Zaxira: 32. Suhrob Sultonov, 6. Anvar G‘ofurov, 15. Farrux Ikromov, 52. Hasan Yuldashev, 64. Otabek Bekboyev.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 20:09, 30.04.2018.
O'qildi: 5303 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.