Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/10 00:00 Real Madrid 0-4 Barselona
27/10 16:30 Parma 1-1 Empoli
27/10 17:15 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
27/10 18:00 Leganes 3-0 Selta
27/10 19:00 Lasio 3-0 Jenoa
27/10 19:00 Monsa 2-2 Venetsiya
27/10 19:00 Chelsi 2-1 Nyukasl
27/10 19:00 Vest Xem 2-1 Man. Yunayted
27/10 19:00 Kristal Pelas 1-0 Tottenhem
27/10 20:15 Xetafe 1-1 Valensiya
27/10 21:30 Arsenal 2-2 Liverpul
27/10 22:00 Inter 4-4 Yuventus
27/10 22:30 Betis 1-0 Atletiko
28/10 00:45 Fiorentina 5-1 Roma
28/10 01:00 Real Sosyedad 0-2 Osasuna
28/10 16:00 OKMK 0-1 Neftchi
28/10 18:15 Dinamo - Nasaf
29/10 01:00 Malyorka - Atletik Bilbao
29/10 22:30 Lechche - Verona
29/10 22:30 Kalyari - Bolonya

Astronom – Arsen Venger kashf etgan yulduzlar (fotogalereya)

Astronom – Arsen Venger kashf etgan yulduzlar (fotogalereya)

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» jamoasida 1996 yilning yozida ish boshlagan fransiyalik mutaxassis ham vaqt oldida ojizligini tan oldi, albatta.

Ya’ni APLdagi samarali ishi davomida futbol professori maqomiga erishgan murabbiy klub bilan 22 yillik hamkorligini to‘xtatishga qaror qildi.

Vengerning salkam chorak asrga teng davrida «Arsenal» tarkibida necha nafar futbolchi o‘ynaganini bilasizmi? 219 nafar! Qoyilmisiz?

Ha, ulardan ko‘plari klub safiga shakllangan futbolchi sifatida qo‘shilishgan. Deylik, oxirgi ikki debyutant - Genrix Mxitaryan va Pyer-Emerik Obameyang «kanonirlar» libosini kiyishdan oldin keng jamoatchilik nazariga tushib ulgurishgandi.

Shuning barobarida fransiyalik professorning shaxsan o‘zi kashf etgan yulduzlar ham yetarli. Top-10 ko‘rinishidagi elit ro‘yxat bunga yaqqol dalil.

Alohida ta’kidlash kerakki, aynan Arsen Venger tufayli katta futbol kengligiga chiqqan yana bir qator munosib yigitlar (Jek Uilshir, Tomas Vermalen, Loran Kosyelni, Bakari Sanya, Ektor Belyerin va boshqalar) ushbu ajoyib guruhdan chetda qolishdi.

Keling, endi Venger tomonidan kashf etilgan eng yorqin yulduzlarni esga olamiz - bu murabbiyning futbolda chindan ham, katta iz qoldirganidan bir nishona, xolos.

10. Aaron REMZI

Avvalgi klubi: «Kardiff Siti»

Transfer summasi: 4,8 mln. funt

Uelslik futbolchi «Arsenal» safiga qo‘shilgan vaqtda 17 yoshli o‘spirin edi. Qolaversa, u bunga qadar «Kardiff Siti»da loaqal 20ta o‘yin o‘tkazishga ham ulgurgan emasdi.

Remzi hozir 27 yoshda va «kanorirlar»ning yetakchilaridan biridir. Biroq joriy mavsum yakunlangach, u ham xuddi Venger kabi jamoadan ketsa kerak. Har holda, qolishidan ko‘ra, xayrlashishi ehtimoli ko‘proq.

9. Kolo TURE

Avvalgi klubi: «ASEK Mimozas»

Transfer summasi: 150 ming funt

Arsen Venger bu futbolchini uzoq Kot-d~Ivuar chempionatidan topgan. To‘g‘ri, o‘sha vaqt 20 yoshli Kolo mamlakat milliy jamoasi safida 10 martacha maydonga tushib bo‘lgandi.

Fransiyalik mutaxassining munajjimlik qobiliyati samarasiga kelsak, hammasiga birgina statistika guvoh - Ture «Arsenal» libosida 300tadan ortiq o‘yinda ishtirok etdi va muhimi, ularning aksariyatida barqaror ravishda munosib to‘p surdi.

8. Teo UOLKOTT

Avvalgi klubi: «Sautgempton»

Transfer summasi: 9,1 mln. funt

Teo kattalar futbolida juda erta debyut qildi va unga hamma Angliya terma jamoasining buyuk kelajagi sifatida qaradi. Zero, yuqori tezligi bilan ko‘pchilikni hayratga sol­gandi. Deylik, Uolkott «Arsenal» formasida ko‘rinish berishiga qadar 2006 yilgi jahon chempionatiga bordi.

Umuman olganda, Teo naq 12 mavsum davomida «kanonirlar» sharafini himoya qildi. Unga klub safida barcha turnirlar hisobidan 400ta o‘yin marrasiga yetishi uchun 3tagina uchrashuv kamlik qildi.

Ha, insof yuzasidan aytish kerak, Uolkott hamma kutgan darajadagi yulduz bo‘lolmadi. Harqalay, tan olingan mutaxassislar vaqtida 16-17 yoshli Teo misolida bo‘lajak futbol qirolini ko‘rishgandi.

7. Robin van PERSI

Avvalgi klubi: «Feyenoord»

Transfer summasi: 2,75 mln. funt

Venger «Feyenoord»ning 20 yoshli iqtidoriga birdaniga 4 yillik shartnoma taklif qilgandi. Gollandiyalik hujumchi shu tariqa Londonga ko‘chib o‘tib, murabbiy qo‘l ostida naq 8 mavsum to‘p surdi va jahondagi eng kuchli goleadorlardan biriga aylandi. Xususan, APLning eng yaxshi to‘purariga atalgan sovringa ega chiqdi.

Shuningdek, muxlislar va o‘yinchilar talqini bo‘yicha Angliya chempionatining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. To‘g‘ri, «Arsenal» uchun 278ta o‘yinda 132ta gol urgan Robin klub bilan mojaroli tarzda xayrlashdi.

Uning o‘zi «Arsenal»ning asosiy raqiblaridan biri - «Manchester Yunayted» safiga qo‘shilganini APLda sovrin yutish xohishi bilan izohlagandi.

6. Eshli KOUL

Avvalgi klubi: - (jamoa tarbiyalanuvchisi)

Transfer summasi: - (jamoa tarbiyalanuvchisi)

Fransiyalik murabbiy 1999 yili o‘z jamoasi yoshlar tarkibida chaqqon chap qanot himoyachisi ko‘rdiyu, unga 18 yoshidayoq asosiy tarkibda debyut qilish imkoniyatini berdi. Eshlining salohiyati chakki emasligi shundoq ko‘rinib turardi, ammo himoyaning chap qanoti ishonchli qo‘llarda edi - Silvinyo barqaror o‘ynayotgandi.

Shuning uchun, Venger avvaliga yosh topilmani ijara kelishuvi asosida xizmat safariga jo‘natdi. Keyingi mavsumda esa braziliyalik himoyachi jarohatlandi va yosh ingliz yuzaga kelgan imkoniyatdan unumli foydalandi. Qisqasi, asosiy tarkibda mustahkam joyga ega bo‘lgan Jo Koul keyingi 5 yil davomida barqaror o‘ynab, APLdagi eng kuchli chap qanot himoyachilaridan biriga aylandi.

Ammo u ham «Arsenal»dan katta janjal bilan ketdi. E’tiborlisi, aynan Jo «Chelsi» safiga qo‘shilganidan keyin «kanonirlar» sovrinsizlik balosiga yo‘liqishdi.

DAVOMI

nterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 07:44, 04.05.2018.
O'qildi: 13644 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.