Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Superliga. “Qo‘qon-1912” “Paxtakor” bilan durang o‘ynadi

Superliga. “Qo‘qon-1912” “Paxtakor” bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Superliganing 10-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvi yakuniga yetdi. Murosasiz kechgan bahsda 1:1 hisobi qayd etildi.

Uchrashuv mehmonlar uchun omadli boshlanishi mumkin edi. 3-daqiqada Javohir Sidiqov qanotdan oshirib bergan to‘pdan keyin maydon egalarini  darvoza to‘sini goldan saqlab qoldi. 16-daqiqada Javohir Sidiqov raqiblaridan ildamroq harakat qilib hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.

34-daqiqada mezbonlar gol urishgandi. Biroq Bezerra ofsaydda qolib ketgani bois gol inobatga olinmadi. 37-daqiqada Masharipovning jarimadan tepgan zarbasini Yusupov osinlik bilan o‘shlab oldi. 42-daqiqada Osiyo chempioni – Oybek Rustamov maydon markazida raqibidan ildamroq harakat qilib to‘pni egallab olib darvoza tomon zarba berdi, uning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi. Birinchi bo‘lim shu hisobda yakuniga yetdi.

Ikkinchi taymni mezbonlar faol tarzda boshlashdi. 50-daqiqada "Paxtakor" futbolchilari hisobni tenglashtirishga yaqin kelishgandi. 65-daqiqada mezbonlar hisobni tenglashtirishdi. Burchakdan oshirib berilgan to‘pdan so‘ng Tiago Bezerra boshi bilan darvozamizni aniq nishonga oldi.

83-daqiqada katta sahnaga O‘tkir Yusupov chiqdi. Darvozabon mezbonlarning xavfli hujumini bartaraf etdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda yana mehmonlarda oldinga chiqib olish imkoniyati bo‘lgan edi. Nosir Otaqo‘ziyevning zarbasiga aniqlik yetishmadi.

Shu tariqa, Toshkentdan bir daqiqa bilan qaytgan “Qo‘qon-1912” jamoasining mag‘lubiyatsiz o‘yinlari soni yettitaga yetdi.

Superliga, 10-tur.

“Paxtakor” – “Qo‘qon-1912” – 1:1 (0:1).

Gollar: Tiago Bezerra – 65. – Javohir Sidiqov – 16.

“Paxtakor”: 25. Eldor Suyunov, 2. Akmal Shorahmedov, 8. Dilshod Rahmatullayev (10. Jamshid Iskanderov-84), 9. Jaloliddin Masharipov, 11. Ismoil Gansalvesh (22. Jasur Yaxshiboyev-79), 18. Bahrom Abdurahimov (27. Jasur Ibragimov-62), 21. Kamoliddin Tojiyev, 28. Stanislav Andreev, 29. Vladimir Kozak, 55. Marko Simich, 77. Tiago Bezerra.

“Qo‘qon-1912: 1. O‘tkir Yusupov, 7. Jamshid Hasanov (19. Suhrob Berdiyev-81), 9. Nosir Otaqo‘ziyev, 10. Javohir Sidiqov (5. G‘iyos Komilov-88), 15. Oybek Rustamov, 17. Quvondiq Ro‘ziyev, 22. Murod Xolmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 55. Darko Gojkovich, 65. Marko Milich, 95. Milan Spremo (18. Bahodir Pardayev-90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:57, 06.05.2018.
O'qildi: 4065 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.