Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Premyer Liga tarixidagi eng yaxshi zaxira o‘yinchilari

Premyer Liga tarixidagi eng yaxshi zaxira o‘yinchilari

Baho:
+ | -

Premyer Ligada navbatdagi mavsum ham o‘z poyoniga yetmoqda. Goal nashri Premyer Liga o‘yinlarida zaxiradan maydonga tushib o‘yin taqdirini o‘zgartirishga erishgan futbolchilar o‘nligini tuzib chiqdi. Ulardan ko‘pchiligi futbol muxlislariga juda yaxshi tanish. E’tiboringizga eng kuchli “sehrli tayoqchalar” o‘nligini taqdim qilamiz.

10. Robbi Kin – 13 gol

Yangi asrning dastlabki o‘n yilligida “Tottenxem” Robbi Kin bilan raqobatlasha oluvchi bir qator mohir hujumchilarga ega edi. Dimitar Berbatov, Jermeyn Defo, Darren Bent va Piter Krauchlar klub murabbiylarining tanlovdagi bosh og‘riqlaridan edi.

Kin 36 marta zaxiradan maydonga tushgan. O‘zining eng sermahsul mavsumida u 16 gol urishga erishgan.

9. Viktor Anichebe – 13 gol

Anichebe Premyer Ligada atigi 27 gol urgan va shu sababli ham uni bu ro‘yxatda ko‘rish biroz g‘alati.

29 yoshni qarshilagan hujumchi hali yana o‘z nomini tablolarga yozdirib qo‘yishi mumkin. Nigeriyalik futbolchi Premyer Ligadagi o‘yinlarining 52 %da zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan. U “Everton”da eng yaxshi “sehrli tayoqcha” edi.

8. Endi Koul – 13 gol

Koul “Manchester Yunayted”da York va Sheringemlar kabi asosiy tarkibga kirishda qiyinchilikka uchragan. SAF asosiy tarkibni tanlashda haqiqatdan juda qiynalgan.

Koul shunga qaramay Premyer Liganing eng yaxshi to‘purarlari bahsida 3-o‘rinni egallaydi. U butun faoliyati davomida 85 marta zaxiradan maydonga tushgan.

7. Daniyel Starridj – 15 gol

Starridj “Liverpul”da gollar qalashtirib tashlashni boshlagan bir paytda jarohatlar girdobiga tushib qoldi va Premyer Liga tarixidagi eng yaxshi hujumchi bo‘lish orzusini to‘xtatib qo‘ydi.

Jismoniy ko‘rsatkichlari sabab Starridjning Premyer Ligadagi daqiqalari cheklab qo‘yildi va ayni vaqtda u vaqtini “Vest Bromvich”da ijarada o‘tkazmoqda.

6. Piter Krauch – 16 gol

Ma’lum sabablarga ko‘ra eng yaxshi “B reja” bo‘lgan Krauch zaxiradan maydonga tushib 16 gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Bo‘ydor hujumchi o‘yin oxirida charchab qolgan himoyachilarni havodagi xujumlarda yengib chiqish taktikasi asosida o‘zini ko‘rsata olgan. U yaqinda buni “Vest Xem”ga qarshi bahsda ham yana bir bor isbotladi.

5. Xavyer Ernandes – 16 gol

Chicharitoning “Manchester Yunated” uchun o‘tkazgan o‘yinlarining yarmidan ko‘pida zahiradan tushirilgan. Super zahira vakili “qizil iblislar” uchun 16 gol kiritgan. 2013-yilda u har 90 daqiqada 0.95 gol kiritgan.

Davomi

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:35, 07.05.2018.
O'qildi: 6309 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.