UYEFA "Atletiko" va "Marsel" klublari o‘rtasida Yevropa ligasi final uchrashuvi hakamlarini e’lon qildi.
Finalda Byorn Kuypers boshliq gollandiyalik hakamlar brigadasi ishlaydi. Qanot hakamlari - Sander van Rukel va Ervin Zeynstra, qo‘shimcha hakamlar – Pol van Bukel va Danni Makkeli. To‘rtinchi hakam - polshalik Shimon Marchinyak.