Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Xosep Bartomeu: «Raqiblarning natijasi yutuqlarimiz qiymatini pasaytirmaydi»

Xosep Bartomeu: «Raqiblarning natijasi yutuqlarimiz qiymatini pasaytirmaydi»

Baho:
+ | -

La-ligada oltin medalni rasmiylashtirgan «Barselona» keyingi turda azaliy raqibi - «Real»ni qabul qiladi. Tamoyilga ko‘ra, Ispaniyada g‘olibni navbatdagi o‘yinda raqib jamoa chempionlik yo‘lagi hosil qilgancha sharaflashi kerak.

Biroq madridliklar «Kamp Nou»da chempionni alohida olqishlamoqchi emaslar. Ko‘rinishidan, «Barselona» prezidenti Xosep Bartomeu chempionlik yo‘lakchasi bo‘lmasligidan ranjimoqda, shekilli. Har holda, u xorijlik kasbdoshimiz bilan suhbatda shu haqda ham gapirdi.

Andres Inyesta haqida

- Inyesta - jamoamizning muhim bo‘lagi. Raykaarddan tortib, hozirgi bosh murabbiygacha - barcha-barchalari o‘yin uslubini shu futbolchi atrofida shakllantirishgan. Andres haqida boshqa gapga hojat yo‘q.

Antuan Grizmann haqida

- «Atletiko» ixtiyorida yuqori saviyali futbolchilar ko‘p, Grizmann ulardan biridir. Jamoa shuning uchun doimo yuqori pog‘onalarda boradi. Lekin hozirgi holatda Antuan transferi masalasida hech narsa deyolmayman.

Mavsum yakuni haqida

-  Hammasi qadrlaymiz - o‘yinimizni, mavsumdagi ilk sovrin hisoblangan Ispaniya kubogini, chempionlikni. Jamoaning yoz oylaridagi umumiy holati va bizda nimalar ro‘y berganini inobatga olsak, «Oltin dubl» - yuksak natija! Bunga Valverde katta hissa qo‘shdi.

Mana, Neymar o‘rniga 2 nafar futbolchi sotib olib, milliy turnirlarda g‘alaba qozondik. Ha, «Roma»dan qabul qilingan mag‘lubiyat juda og‘riqli. Jamoa hozirgacha muxlislar oldida o‘zini aybdor his qilmoqda. Lekin bu biz uchun butun mavsum davomidagi deyarli yagona mag‘lubiyat bo‘lganini unutmaslik kerak.

Valverde haqida

- Murabbiyning iste’foga chiqarishimiz xususidagi xabarlar mutlaqo asossiz. Qaytaraman, hozirgi natijalarda uning hissasi katta. Xullas, Valverde ishidan mamnunmiz.

Biz 2 yillik shartnoma ostiga imzo chekkanmiz, bu - uning loyihasi. Boshqacha aytganda, yozgi islohotlardan keyin tezda natija ko‘rsatdimi, demak, unga ishonish mumkin.

Ha, Rimda ro‘y bergan noxushlik barchamizni qayg‘uga soldi, lekin rahbariyat Valverdening salohiyatiga aslo shubha qilmaydi.

«Oltin dubl» haqida

- Bu juda muhim. Mavsumning «Madrid» uchun qanday yakunlanishi esa mutlaqo ahamiyatsiz. Demoqchimanki, raqibning natijalari yutuqlarimiz qiymatini pasaytirmaydi aslo.

Ha, bu masalada turli-tuman gaplar urchimoqda, lekin haqiqat shuki, 2004 yildan keyingi davrni olsak, «Barselona» Yevropaning eng sovrindor klubi bo‘lib turibdi.

O‘yin uslubi haqida

- Taktik chizmalar borasidagi munozara va muhokamalar zarur va foydalidir. Ha, joriy mavsum o‘yin uslubimiz biroz o‘zgardi. Buning sababi bor, albatta. Xususan, Neymarning ketgani ta’siri yaqqol sezildi.

Valverde - juda aqlli mutaxassis. U taktikaga qaysi payt qanday o‘zgartirish kiritishni yaxshi biladi. Shunday bo‘lsada, har doim imkon qadar odatiy o‘yin uslubimizga yaqin chizmaga tayanamiz.

Chempionlik yo‘lagi haqida

- Har kimning ixtiyori o‘zida. Chempionlik yo‘lagi hosil qilishni istamayotgan «Real»ni qoralashim nojoiz. Yo‘lak bo‘lmaydimi? Hechqisi yo‘q, bu katta muammo emas.

To‘g‘ri, vaqtida biz «Real»ni chempionlik yo‘lagida olqishlagandik. Hayronman, shunday qilish uchun «Madrid»ga nima xalal beradi?

Roberto Fernardes kelajagi haqida

- Fernandesga jamoa texnik kotibi va sport direktori sifatida bajargan ishlari hamda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildiramiz. Mavsum yakunida o‘zaro maslahatlashamiz, mavjud variantlarni muhokama qilib, bir to‘xtamga kelamiz, albatta.

Neymarning «Real»ga o‘tishi ehtimoli haqida

- Bunga munosabatim oddiy - dunyoning eng sara futbolchilari La-ligada to‘p surishlarini istayman.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 19:08, 07.05.2018.
O'qildi: 3097 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.