Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Pro-Liga. «Dinamo» Nukusda «Orol»ga imkoniyatni boy berdi

Pro-Liga. «Dinamo» Nukusda «Orol»ga imkoniyatni boy berdi

Baho:
+ | -

Pro-Liga 8-turi doirasida Nukusda “Orol” jamoasi mehmoni bo‘lgan “Dinamo” jamoasi mag‘lubiyatga uchrab, “A” guruhi turnir jadvalida so‘nggi pog‘onaga tushdi.

Uchrashuvni uch hujumchi bilan boshlagan “Dinamo” jamoasi dastlabki daqiqalardan Safarov-Mamazulumov-Qo‘ziboyev “triosi”da harakat qildi. Ammo 25-daqiqada Mamazulumov o‘rniga Maradona Safarov tushirildi.

“Dinamo” hujumkor tarkibda maydonga tushgan bo‘lsada, hisobni mezbonlar ochishdi. Ruslan Musayev jarima zarbasidan keyin golga muallif bo‘ldi, 1:0.

Ikkinchi bo‘limning 61-daqiqasida mezbonlardan Navro‘z Alimov hisobdagi farqni ikkitaga yetkazdi, 2:0.

Goldan keyin nihoyat “uyg‘ongan” mehmonlar ikki daqiqadan keyin hisobni qisqartirishdi. Zohir Qo‘ziboyev gol muallifiga aylandi, 2:1.

Uchrashuvning qolgan qismida “Dinamo” muvozanatni tiklash uchun har qancha intilmasin, nukuslik futbolchilar g‘alabali hisobni saqlab qolishdi. Ushbu mag‘lubiyatdan keyin “Dinamo” “A” guruhida so‘nggi o‘ringa tushib ketdi...

Oldinda jamoani 14 may kuni “Andijon”ga qarshi uchrashuv kutib turibdi.

Pro-Liga. 8-tur. 10 may (payshanba)

«OROL» - «DINAMO» - 2:1

Gollar: R.Musayev, 11, N. Alimov 61 - Z.Qo‘ziboyev 63.

«Orol»: Eldor Shuxratbekov, Rasul Musayev, Islom Seytnazarov, Alisher Saburov, Nurlibek Talasboyev, Damir Nizanov, Albert Sodiqov, Shariyor Karimboyev, Baxtiyor Avazov (Miras Karliboyev, 46), Azamat Bobojonov, Navro‘z Alimov (Navro‘zbek Xaipov, 70).

«Dinamo»: 1. Shoxruh Eshbo‘tayev, 2. Mirkomil Lokayev, 17. Jasur Azimov, 23. Komil Sharofuddinov, Jasur Ashurov, 6. Akmal Bozorov, 7. Ilhom Yunusov, 10. Mo‘ydin Mamazulumov (19. Maradona Safarov, 25, 4. Hakimxon Alamxonov, 62), 20. Amirjon Safarov (Firdavs Abdusalimov, 62), 24. Mirzabek Joniqulov, 28.Zohir Qo‘ziboyev.

Zaxira: 27. Shoxruh Raimov, , 26. Dalerjon Almosjonov, , 41. Jasur Qurbonov, 70. Azizbek Suyunov.

Chetlatish: Miras Karliboyev (Orol), 82.

Manba: www.fcdinamo.uz
Kiritildi: 19:53, 10.05.2018.
O'qildi: 5856 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик