Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Bugun «Markaziy»da markaziy uchrashuv

Bugun «Markaziy»da markaziy uchrashuv

Baho:
+ | -

Bugun Qarshidagi “Markaziy” stadionda katta futbol. Mamlakatimizning ikki grand jamoasi o‘zaro bahs yuritadi. Pepsi Superliganing 11-turining markaziy uchrashuvida “Nasaf” hamda “Paxtakor” jamoalari o‘zaro bellashadi. Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.

Mazkur uchrashuvda Ravshan Ermatov boshchiligidagi Superliga tarixida ilk marta 5 nafar hakamdan iborat guruh ish olib boradi.

Pepsi Superliga, 11-tur

"Nasaf" (Qarshi) - "Paxtakor" (Toshkent)

11.05.2018. “Markaziy” stadion, 18:30da

Bosh hakam: Ravshan Ermatov

Qanot hakamlari: Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov

Darvoza chizig‘idagi hakamlar: Valentin Kovalenko, Axrol Risqullayev

Zaxira hakami: Asker Najafaliyev

Nazoratchi: Rashid Aytekov

Uchrashuv komissari: Ma’mur Saidqosimov.

Bugun futbol o‘yinidan tashqari muxlislarni bir-biridan qiziqarli tadbirlar ham kutib turibdi. Bahsdan oldin hamda tanaffus vaqtida, muxlislar uchun qarshilik estrada xonandasi Xurshid Rustamov ijrosidagi konsert dasturi taqdim etiladi.

Uchrashuvga tashrif buyurgan muxlislarning to‘rt nafari, lotereya o‘yini orqali MDC smartfonlarini hamda 4 nafari sport kiyimlarini yutib olib, xo‘sh kayfiyat bilan uylariga qaytishlari mumkin.

Endi albatta, bugun qiziqarli futbol uchrashuvi bo‘ladi. Berdiyev va Arveladze tuqnashuvida kimning qo‘li baland keladi? To‘rt uchrashuvdan buyon g‘alaba qozona olmayotgan “Nasaf” g‘olib bo‘ladimi? Yoki o‘tgan ikki uchrashuvda ketma-ket ochko yo‘qotgan, 2016 yildan buyon Qarshidan bosh egib qaytayotgan “Paxtakor” ustun keladimi? Bu savollarga o‘yindan keyin javob topamiz.

Quyida mazkur jamoalarning o‘zaro uchrashuvlarida qayd etgan natijalarini eslatib o‘tamiz.

Qarshidagi o‘tkazilgan uchrashuvlarda ozgina bo‘lsada, “ajdarlar” ustunlik qilishmoqda. Bungacha bo‘lgan 21 uchrashuvning 8 tasida “Nasaf”, 6 tasida “Paxtakor” g‘alabaga erishgan, qolgan 7 uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan.

“Markaziy” stadionda bugun futbol ishqibozlarining har qachongidan faol bo‘lishi kutilmoqda. Vohalik va Toshkentlik futbol ishqibozlaridan tashqari, bahsni bevosita stadionda tomosha qilish uchun Surxondaryo, Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlaridan ham muxlislar kelishmoqda.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 11:44, 11.05.2018.
O'qildi: 4819 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.