Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

YECHLning ushbu mavsumida rekord o‘rnatildi

YECHLning ushbu mavsumida rekord o‘rnatildi

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasi tarixida muxlislarning stadionga tashrifi borasida yangi rekord o‘rnatildi. Bu haqda UYEFA matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Yarim final doirasida "Olimpiko" stadionida bo‘lib o‘tgan "Roma" - "Liverpul" bahsini 61889 ishqiboz stadiondan kuzatib bordi. Natijada Chempionlar ligasi tashkil etilgan 1992/93 yilgi mavsumdan beri eng yuqori natija qayd etildi. Hozirda o‘tkazilgan 124ta o‘yinga (guruh bosqichidan boshlab finalgacha) jami 5683357 nafar muxlis tashrif buyurgan. Bu esa hozircha rekord bo‘lib turgan, 2013/14 yilgi mavsumda qayd etilgan natijadan yaxshiroqdir. O‘sha mavsumda final bahsini qo‘shib hisoblaganda, jami 5676953 nafar muxlis o‘yinlarni jonli ravishda kuzatib borgan.

Bundan 4 yil avval YECHL o‘rtacha tashrif 45416 nafar muxlisni tashkil qilgandi. Ushbu mavsumda esa mazkur natija 45834 nafarni tashkil qilmoqda. 26 may kuni bo‘lib o‘tadigan final uchrashuvini Kiyevdagi stadionda 63 ming muxlis kuzatib boradi.

Agar Yevropa kubogini esga oladigan bo‘lsak, ushbu musobaqada o‘rtacha muxlis tashrifi ayxonda 40 mingni tashkil etgan. Faqat 1959/1960 yil mavsumida har bir o‘yinga o‘rtacha muxlis tashrifi 49926 nafardan iboratb bo‘lib, 125 o‘yinni 6240790 nafar muxlis stadionda ko‘rgan. Bu esa yuqorida ta’kidlab o‘tilgan yangi rekorddan ham ko‘proq, deyiladi xabarda.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:47, 12.05.2018.
O'qildi: 18009 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.