Bosniyalik mutaxassis Vohid Xalilxodjich Yaponi futbol federasiyasi ustidan FIFAga arz qildi, deya xabar beradi A Bola.
U Yaponiya terma jamoasidan iste’foga chiqarilgani yuzasidan tushuntirish berishlarini talab qilmoqda.
Xalilxodjich Yaponiya terma jamoasini JCH-2018 musobaqasining final qismiga olib chiqdi, ammo aprel oyida to‘satdan iste’foga chiqarildi. Mutaxassis buni adolatsizlik deb hisoblamoqda.