Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Umid Ahmadjonov Prokuratura organlari xodimlari o‘rtasidagi futbol musobaqasi finalida ishtirok etdi

Umid Ahmadjonov Prokuratura organlari xodimlari o‘rtasidagi futbol musobaqasi finalida ishtirok etdi

Baho:
+ | -

Yurtimizda turli soha vakillari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sportni, xususan futbolni ommalashtirish borasida ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilib, bir qator musobaqalar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Prokuratura organlari xodimlari o‘rtasida ham O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bilan hamkorlikda futbol musobaqasi tashkil etilgan bo‘lib, bugun mazkur musobaqaning Respublika bosqichi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.  Toshkent temir yo‘llari transporti va muhandislik institutida o‘tkazilgan final o‘yinida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Otabek Murodov, O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov hamda O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilovlar ishtirok etishdi.

Final o‘yinida Qashqadaryo va Toshkent viloyati prokuraturasi jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishdi. Murosasiz kurashlarga boy o‘tgan uchrashuvning asosiy vaqtida 2:2 hisobidagi durang qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa omad Toshkent viloyati prokuraturasi jamoasiga kulib boqdi.

Final uchrashuvidan so‘ng g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Finalda muvaffaqiyatga erishgan jamoa a’zolari hamda musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi, eng yaxshi himoyachisi, eng yaxshi hujumchisi va eng yaxshi darvozaboniga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 20:59, 12.05.2018.
O'qildi: 2755 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик