Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza 0-1 Bolonya
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut - Brentford
04/03 00:30 Everton - Byornli
04/03 00:30 Lids - Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton - Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

Shahzod Nurmatov: «O‘yinimdan ko‘nglim to‘lgan kuni faoliyatimni yakunlasam bo‘laveradi»

Shahzod Nurmatov: «O‘yinimdan ko‘nglim to‘lgan kuni faoliyatimni yakunlasam bo‘laveradi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Xabaringiz bor, «Bunyodkor» Pepsi Superliganing 10-turida «Nasaf»ni mag‘lub etishning uddasidan chiqishdi (2:1). Maydon egalaridan jamoa sardori Javlon Ibrohimov hamda mavsumni yuqori kayfiyatda o‘tkazayotgan Xurshid G‘iyosov gol muallifiga aylanishdi.

Biz uchrashuvdan so‘ng o‘yinni boshlang‘ich tarkibda boshlab, 76-daqiqada o‘z o‘rnini Filip Rayevasga bo‘shatib bergan hujumchi Shahzod Nurmatovdan intervyu oldik.

- Shahzod, «Nasaf»ga qarshi markaziy o‘yinda g‘alaba qozonding­lar. Mazkur uchrashuvga qanday ta’rif bergan bo‘lardingiz?

- O‘yin kutilganidan ham qiyin kechdi. Ayniqsa, ketma-ket mag‘lubiyatlardan so‘ng bizda ruhiy holat yaxshi emasdi. Ochig‘i, shu narsa pand berib qo‘yishidan cho‘chigandik. Murabbiyimiz uchrashuv oldidan biz bilan yaxshigina gaplashib oldilar.

Hamma bundan avvalgi mag‘lubiyatlarni unutib, bor e’tiborini shu bahsga qaratdi. Bu holatda faqat o‘z kuchimizga tayangan holda vaziyatdan chiqib ketishimiz mumkinligini bilardik.

- Mirjalol Qosimov sizlarni qanday ruhlantira oldi?

- Qanday bo‘lmasin, bu o‘yinda g‘alaba qozonishimiz kerakligini aytdi. Faqat shu yo‘l bilan qiyin vaziyatdan chiqib ketishimiz mumkinligi va eng muhimi, barchasi o‘z qo‘limizda ekanligiga ishontira oldi. «Tashqaridan kelib, hech kim bizga yordam bermaydi», dedi.

- Uchta mag‘lubiyatning hammasi ham «Bunyodkor»ning o‘zigagina bog‘liq holatda ro‘y berdimi?

- Ha, faqat o‘zimizga bog‘liq, deb o‘ylayman. Aybni o‘zgalardan izlashni yoqtirmayman. Aslida, eng osoni ham shu bo‘lsa kerak, ya’ni aybni birovdan qidirish.

- Tushkun kayfiyatdan chiqib ketdinglar, deb hisoblasak bo‘ladimi?

- Muhim o‘yinda g‘alaba qozondik va bu bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldik. O‘ylaymanki, omadsiz o‘yinlar ortda qoldi va chempionatning qolgan uchrashuvlarida ochko yo‘qotmaslikka intilamiz.

- Jamoada moliyaviy muammolar yo‘q, deb bo‘lmaydi. Bundan tashqari, atrofda yangrayotgan turli gap-so‘zlar ham sizlarga salbiy jihatdan ta’sir o‘tkazmay qolmaydi, to‘g‘rimi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 08:04, 13.05.2018.
O'qildi: 2067 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.