"Inter" huumchisi Mauro Ikardi klubdagi kelajak faoliyati haqida fikr bildirdi.
"Har yili takrorlayman: men klub bilan gaplashaman. Agar qolishim "Inter"ga foyda keltirsa - qolaman. Aksi bo‘lsa - ketaman.
Doim klub va amoa foydasini ko‘zlayman. Mavsum tugagach, klub bilan gaplashamiz va nima qilishni belgilab olamiz", - deydi Ikardi.
Avvalroq, "Inter" Ikardi uchun to‘lanadigan tovon pulini 160 million yevroga ko‘tarishi haqida xabar qilingan edi.