Madridning “Real” klubi sobiq futbolchisi Stiv MakManaman Garet Beylning yozda “Manchester Yunayted”ga o‘tishiga ishonmayapti.
“Beylning kelajagi qanday bo‘lishi faqat o‘ziga bog‘lik, ishonamanki, u “Real”da baxtli va hech qayerga ketish haqida o‘ylamayapti.
Balki, u o‘yin amaliyoti kamligidan norozi bo‘lishi mumkin. Ammo qaytaraman Beylning kelajagi o‘z qo‘lida”, - deydi MakManaman.