Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

La liga. «Barsa» mavsumni mag‘lubiyatsiz yakunlay olmadi

La liga. «Barsa» mavsumni mag‘lubiyatsiz yakunlay olmadi

Baho:
+2 | -

Butun mavsum davomida Ispaniya chempionatini mag‘lubiyatsiz o‘tkazib kelayotgan "Barselona", kutilmaganda, mag‘lubiyat alamini tortishga majbur bo‘ldi.

Valverde "Levante" qarshi safar bahsi uchun asosiy tarkibning ba’zi futbolchilari, jumladan, Messi, Umtiti va Pikega dam berishga qaror qildi. Shu sabab bo‘lsa kerak, "ko‘k-anorranglilar"ning himoya chizig‘i juda va juda sust o‘yin ko‘rsatishdi. Mezbonlar tanaffusga qadar raqib darvozasini 2 marta ishg‘ol qilgan bo‘lsalar, kataloniyaliklar Koutinyoning zarbasi orqali bir marta javob qaytarishdi.

Ikkinchi bo‘lim "Barsa" uchun o‘ta qo‘rqinchli boshlandi. "Levante" futbolchilari dastlabki 10 daqiqa ichida tezkor qarshi hujumlar tashkil qilib, naq 3ta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Hisob 5:1ga yetdi. Emmanuel Boateng "xet-trik"ni rasmiylashtirdi.

Shundan so‘ng "Barselona" "kambek" qilish uchun harakatlarni boshlab yubordi. Filippe Koutinyo ikki marta aniq zarba bilan "xet-trik"ga erishgan bo‘lsa, Luis Suares penaltidan samarali foydalanib, hisobni 5:4ga yetkazdi.

Bu paytga kelib o‘yin tugashiga hali 20 daqiqa bor edi. Valverde shogirdlari mag‘lubiyatdan qutulib qoladigandek ko‘rinishayotgandi, ammo ular shundan so‘ng biroz bo‘shashishdi, mezbonlar esa himoyada bexato o‘ynay boshlashdi. Oqibatda, o‘yinda hisob boshqa o‘zgarmadi — 5:4, "Barselona" La liganing ushbu mavsumida dastlabki mag‘lubiyatni o‘z hisobiga yozishga majbur bo‘ldi.

Ispaniya La ligasi, 37-tur
Levante – Barselona 5:4 (2:1, 3:3)
Gollar: 1:0 – 9 Boateng, 2:0 – 30 Boateng, 2:1 – 38 Koutinyo, 3:1 – 46 Bardi, 4:1 – 49 Boateng, 5:1 – 56 Bardi, 5:2 – 59 Koutinyo, 5:3 – 64 Koutinyo, 5:4 – 71, penalti Suares.
Levante – Olasabal, Rober, Luna, Koke, Postigo, Morales (Rochina, 85), Lukich, Kampanya, Bardi, Marti (Lerma, 69), Boateng (Passini, 77).
Barselona – ter Stegen, Mina, Alba, Nelson Semedu, Vermalen (Pike, 31), Buskets, Rakitich, Inyesta (Denis Suares, 60), Koutinyo, Dembele (Pako Alkaser, 60), Suares.
Ogohlantirishlar: Vermalen (20), Bardi (22), Boateng (37), Koke (62), Buskets (65), Kampanya (70), Suares (88), Lerma (88), Denis Suares (89), Passini (90), Pike (90), Mina (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:36, 14.05.2018.
O'qildi: 14588 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.