Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi futbolimiz afsonasi Birodar Abduraimovni 75 yoshi bilan qutlaydi

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi futbolimiz afsonasi Birodar Abduraimovni 75 yoshi bilan qutlaydi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi o‘zbek futbolining afsonasi, “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni va “Shuhrat” medali sohibi Birodar Hasanovich Abduraimovni 75 yoshlik yubileyi bilan muborakbod etadi. 

Birodar Hasanovich 1943 yil 14 may kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan bo‘lib, futbolchilik faoliyatini 1960 yili Toshkentning “Paxtakor” klubida boshlagan. Keyinchalik Rossiyaning “Spartak” va SSKA klublarida ham bir muddat to‘p surgan. Birodar Abduraimovning gollari o‘zi to‘p surgan jamoalarga katta natijalarga erishishga yordam berganini alohida ta’kidlab o‘tish kerak. Uning yorqin o‘yini, betakror fintlari va maydondagi harakatlari ko‘plab muxlislarni o‘ziga rom etardi. 

Birodar Abduraimov murabbiy sifatida ham uzoq yillar mehnat qilib, ko‘plab shogirdlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan inson hisoblanadi. U “Paxtakor”, “Shahrixon”, “Dinamo”, “Navbahor” kabi klublarda hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasida faoliyat yuritgan. 

Birodar Abduraimov “Paxtakor” futbol klubida 358ta o‘yin o‘tkazib, ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekord sohibi hisoblanadi. 

Birodar Abduraimovning farzandlarini ham muxlislar kuchli futbolchi va murabbiy sifatida yaxshi tanishadi. Hozirda Azamat Abduraimov O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlab kelmoqda. Jasur Abduraimov esa “Paxtakor” klubida yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritmoqda.  

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Birodar Hasanovichni tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tilaydi. Yana uzoq yillar davomida yosh murabbiylar va mutaxassislarga o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, o‘zbek futboli rivojiga hissa qo‘shib yurishini tilab qoladi. 

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 11:36, 14.05.2018.
O'qildi: 2487 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.