Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Sarhisob. Italiya klublari Yevrokuboklarda qanday ishtirok etishdi?

Sarhisob. Italiya klublari Yevrokuboklarda qanday ishtirok etishdi?

Baho:
+ | -

Italiya futboli uchun navbatdagi yevromavsum mazmunli va rang-barang tarzda o‘tdi. Ayrim o‘yinlardan so‘ng «Kalcho»dagi inqiroz haqida gapirilgan bo‘lsa, boshqalari avvalgi shonli davr qaytayotganiga ishora qildi.

Italiya joriy mavsum 17,333 koeffisiyent to‘plab, bu borada faqatgina Ispaniya va Angliyadan ortda qoldi. O‘sish yaqqol ko‘rinmoqda: italyanlar o‘tgan mavsum 14,250, undan oldingisida esa bor-yo‘g‘i 11,500 ball yig‘ishgandi.

To‘g‘ri, 2014|2015 yillar mavsumidagi ko‘rsatkich (19,000) takrorlanmadi, ammo o‘sha natijani istisno tariqasida qabul qilish darkor.

Hattoki, «Inter»ga Chempionlar Ligasi bosh sovrinini hadya etgan 2009|2010 yillar mavsumida ham «A» seriya kamroq (15,428) ball to‘plagandi.

Italiya so‘nggi besh yil mobaynida erkin jadvalning uchinchi pog‘onasiga mustahkam o‘rnashib, Germaniyani ortda qoldirdi. Yetakchilar beshligi quyidagicha ko‘rinishga ega: Ispaniya - 106,426, Angliya - 79,605, Italiya - 76,249, Germaniya - 71,427, Fransiya - 56,415.

Yana bir diqqatga molik holat: endilikda Italiya sharafini himoya qilish yuki faqatgina «Yuventus» zimmasiga yuklatilmaydi. Turinliklar 2012|2013 yillar mavsumidan buyon Yevropada italyan klublari orasida hammadan ko‘p ochko to‘plashgandi.

Bu safar an’ana buzildi - eng katta koeffisiyent «Roma»ga nasib qildi. «A» seriya hamon «bir jamoa chempionati» maqomini yo‘qotgani yo‘q, biroq «Yuventus» gegemoniyasi boshqalarning kuchsizligi sababli emas, balki «Keksa sinyora»ning kuchi va barqarorligi evaziga davom etmoqda.

O‘z navbatida, Italiyaning boshqa top-klublari ham qit’a darajasida yuqori o‘rinlarga da’vogarlik qilishlari mumkinligini isbotlashdi. Bugungi fotojamlanma «A» seriya vakillarining joriy yevromavsumdagi ishtiroki tahliliga bag‘ishlanadi.

«YUVENTUS»

Yakuniy manzil: YECHL 1|4 finali

Ko‘rsatkich: +5+3-2, 14-13

Eng yaxshi o‘yin: «Tottenxem» (safarda) - 2:1

Eng muvaffaqiyatsiz o‘yin: «Real» (uyda) - 0:3

Asosiy figura: Jorjo Kyellini. Londondagi o‘yinning so‘nggi daqiqalari qahramon va «Real»dan qabul qilingan mag‘lubiyatli uchrashuv antiqahramoni.

Hal qiluvchi vaziyat: Madriddagi bahsda belgilangan penalti keng miqyosdagi shov-shuv va Janluiji Buffonning ajoyib iborasiga zamin yaratdi.

O‘ziga xos holat: Janluiji Buffon yana Chempionlar Ligasi bosh sovrinidan quruq qoldi.

Baho: 6,5 (shu va keyingi o‘rinlarda 10 balli tizim baholangan)

«ROMA»

Yakuniy manzil: YECHL yarim finali

Ko‘rsatkich: +6+2-4, 21-19

Eng yaxshi o‘yin: «Barselona» (uyda) - 3:0

Eng muvaffaqiyatsiz o‘yin: «Liverpul» (safarda) - 2:5

Asosiy figura: Edin Jeko. YECHL «pley-off» bahslarining qatorasiga beshta o‘yinida gol urdi.

Hal qiluvchi vaziyat: chorak final o‘yinlariga qur’a tashlash marosimida Totti «Barselona» yozuvli qog‘ozni ochdi.

O‘ziga xos holat: rimliklar o‘z maydonlarida o‘tkazilgan 6ta o‘yinning 5tasida g‘alaba qozonishdi. Vaholanki, Italiya «A» seriyasi uchrashuvlarida «Roma» ko‘pincha «Olimpiko»da yutqazayotgandi.

Baho: 8

«NAPOLI»

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:50, 14.05.2018.
O'qildi: 7820 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик