Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Trezege: «Mundialdagi ishtirokimni marhum otamga bag‘ishlayman»

Trezege: «Mundialdagi ishtirokimni marhum otamga bag‘ishlayman»

Baho:
+ | -

Misr termasi deganda ko‘pchilik birinchi o‘rinda Muhammad Salohni tilga oladi. Biroq 28 yillik tanaffusdan keyin jahon chempionatiga chiqqan jamoa safida iqtidorli futbolchilar talaygina. Shulardan biri Mahmud Hasan «Trezege»dir.

U Misr termasi bosh murabbiyi Ektor Kuperning ishonchini qozona oldi va muhim o‘yinchilardan biriga aylandi.

Trezege ikki yil oldin «Al-Ahli»dan Yevropaga yo‘l olgandi. Mahmud Turkiyaning «Qosimposha» klubida ajoyib mavsumni o‘tkazdi. Yaqinda FIFA.com. sayti u bilan suhbat uyushtirdi.

- Jahon chempionati yaqinlashmoqda. Siz uchun bunday turnirda ishtirok etish qanday ahamiyat kasb etadi?

- Bu haqda bolaligimdan orzu qilardim. Har qanday futbolchi bir marta bo‘lsada jahon chempionatida o‘ynashni istaydi. So‘nggi yillarda niyatlarim amalga oshishi uchun qo‘limdan kelganicha harakat qildim.

Otam vafoti oldidan Misr milliy jamoasining mundialga chiqishida yordam berishimni so‘ragandi. Uning termamiz safida o‘ynayotganimni ko‘rishini juda istardim. Otamning iltimosini bajara olganimdan faxrlanaman. Jahon chempionatidagi ishtirokimni aynan unga bag‘ishlayman.

- Saralash bahslari uzoq va qiyin bo‘ldi. Muvaffaqiyat qozona olishinglarni qachon his qildinglar?

- Afrikada endi oson o‘yinlarning o‘zi yo‘q. Saralashning ikkinchi bosqichini Chadga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat (0:1) bilan boshlagandik. Javob bahsida esa 4:0 hisobida g‘alaba qozondik. Bu shunchaki ogohlik qo‘ng‘irog‘i edi. Har safar yig‘ilganimizda, imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslikni muhokama qilardik.

Maqsadga erishish oson emasligini yaxshi bilardik. Mundial yo‘llanmasini nafaqat futbolchilar va murabbiylar, balki federasiya rahbariyati, jurnalistlar va muxlislar ham qo‘lga kiritishdi. O‘z navbatida, klublar terma jamoa o‘yinlari qanchalik muhim ekanligini inobatga olishdi.

- Siz Ektor Kuper jamoasida muhim o‘rin tutasiz. Lekin Kongoga qarshi hal qiluvchi o‘yinda u sizni zaxirada qoldirdi. O‘shanda qandaydir yarim soat ichida barchasi oyoqosti bo‘lib ketdi. «Burg al Arab» stadionida bo‘lgan o‘yin haqida gapirib bersangiz.

- O‘shanda Uganda va Gana termalari durang o‘ynashgandi. Bu esa saralash guruhida birinchi o‘rinni olishimizni ta’minlardi. Tribunalardagi muxlislar jahon chempionati yo‘llanmasini bayram qila boshlashgandi. Lekin biz o‘yin qiyin kechishini bilardik. Chunki kongoliklarning yo‘qotadigan narsalari yo‘q edi.

Tanaffusgacha hisob ochilmadi. Men ikkinchi bo‘lim avvalida maydonga tushdim. Muhammad Salohning golidan so‘ng hisobda oldinga chiqib oldik. O‘zimizni erkin his qilish uchun ikkinchi golni urishimiz kerak edi. Lekin kutilmaganda, asosiy vaqt tugashiga ikki daqiqa qolganda, Kongo hisobni tenglashtirdi.

- Jamoangiz o‘sha aqlbovar qilmas daqiqalarni qanday o‘tkazdi? O‘yin taqdirini o‘zgartirish uchun nimalar qildinglar?

- Odatda, bunday paytlarda futbolchilarning ruhiyati tushib ketadi. Ammo o‘sha o‘tkazib yuborilgan gol kuchimizga kuch qo‘shdi. Qo‘shimcha vaqtda pressing uyushtirdik. Raqib himoyachisi o‘z jarima maydoni ichida menga nisbatan qo‘pollik ishlatdi.

Belgilangan penaltini Saloh aniq amalga oshirdi. O‘shanda biz orzumiz amalga oshganini his qildik. Final hushtagi jahon chempionati ishtirokchisi ekanligimizni anglatib turardi. Bu tarixiy o‘yin edi. Chunki biz butun Misr xalqiga quvonch ulashdik.

- Misr terma jamoasining JCH-2018dagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Qiyin guruhga tushdik. Rossiya o‘z maydonida, muxlislari qarshisida o‘ynaydi. Urugvay esa oldin jahon chempioni bo‘lgan va ajoyib futbolchilarga ega. Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yin esa arab derbisi bo‘ladi. «Pley-off» yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lish lozim. Har bir uchrashuvni finaldek o‘tkazishimiz talab etiladi.

- Endigina 23 yoshdasiz. Shunga qaramay, Ektor Kuperning ishonchiga kirdingiz. Jahon chempionatida asosiy tarkibdagi o‘rningizni berib qo‘ymaslik uchun nima qilmoqchisiz?

- Bolaligimdan mashg‘ulotlarga zo‘r berganman. Bu esa o‘yinlar payti o‘z mevasini bermoqda. Terma jamoani Kuper qabul qilib olganida, imkoniyatdan foydalanish uchun tinimsiz mehnat qildim. Murabbiyimiz o‘z ustida ko‘p ishlagan futbolchilarni hurmat qiladi.

- «Al-Ahli»dan Yevropaga ketishga qaror qildingiz. So‘nggi ikki yillik  davrga qanday baho berasiz?

- Bu qiyin, lekin kerakli qaror edi. «Anderlext» futbolchisiga aylandim va mehnat qilishda davom etdim. Klub meni «Muskron»ga ijaraga berdi. U yerda nimalarga qodir ekanligimni ko‘rsatdim. «Qosimposha»ga o‘tganim uchun meni rosa tanqid qilishdi.

Lekin kuchli chempionatda o‘ynashga qodir ekanligimni isbotlamoqchi bo‘ldim. O‘ylashimcha, statistikam (asosiy tarkibda 28ta o‘yin, 11ta gol va 5ta samarali uzatma) hammasini ko‘rsatib turibdi. Bir so‘z bilan aytganda, «Qosimposha»da mavsumni ko‘ngildagidek o‘tkazdim.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:05, 15.05.2018.
O'qildi: 5938 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.