"Chelsi" klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Olivye Jiru terma jamoasining jahon chempionatidagi maqsadlarini oshkor qildi.
"Biz haqiqiy jangchilarmiz va 2014 yilgidan yaxshiroq qatnashish uchun hamma narsaga tayyormiz. Federasiya qo‘ygan vazifa - yarimfinalgacha yetib borish. Ammo finalga besh kun qolganida hech narsaning hisobini olmaysiz, bor kuchingiz bilan maqsadga intilasiz", - deydi Jiru.
Fransiya C guruhida Avstraliya, Peru va Daniya terma jamoalari bilan kurash olib boradi.