Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Belgiyalik mutaxassislar O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish bo‘yicha taqdimot o‘tkazishdi

Belgiyalik mutaxassislar O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish bo‘yicha taqdimot o‘tkazishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasida Ugo Shonkens boshchiligidagi belgiyalik mutaxassislar mehmon bo‘lishdi. Ular O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakram Isroilov hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov bilan uchrashuv o‘tkazishdi.

Unda futbolni rivojlantirish, bu yo‘lda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, uni to‘g‘ri tashkil etish kabi masalalarda fikr almashildi.

Shoakram Isroilov O‘zbekistonda futbolni Yevropa tajribasi asosida rivojlantirish yo‘lida ish olib borilayotganligi haqida gapirdi.

«O‘zbek futbolini yanada rivojlantirmoqchimiz. Mamlakatimizga Yevropa futboli havosini olib kirish tarafdorimiz. Bugungi kundagi eng asosiy vazifamiz jahon chempionatida ishtirok etish. Bu borada kuchli terma jamoalar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil qilishga alohida e’tibor qaratyapmiz. Shuningdek, O‘zbekiston chempionati bellashuvlari ham yangicha tizimda o‘tkazilmoqda. Shu va boshqa tashkiliy masalalarda sizdan turli maslahatlar, tavsiyalar olsak xursand bo‘lardik», – dedi Jismoniy tarbiya va sport vaziri.

«Eng avvalo qiziqish va e’tibor uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. O‘zbek sporti yangiliklarni qabul qilishga tayyor. Biz mamlakatlar tajribalarni uyg‘unlashtirgan holda rivojlantira olamiz. Buning uchun infratuzilma, malakali kadrlar va albatta mablag‘ kerak bo‘ladi. Hamkorlik qilishdan xursand bo‘lamiz.

Eng avvalo futbolni o‘rganib chiqamiz, so‘ngra bu borada tavsiyalar beramiz. Keyin esa o‘zbekistonlik futbol mutaxassislari bilan birgalikda yangi tizimni ishlab chiqamiz», – dedi Ugo Shonkens.

O‘z navbatida Ugo Shonkens bu boradagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Shundan so‘ng u futbolni rivojlantirish uchun Germaniyada tatbiq etgan dasturni namoyish etib berdi. Bu boradagi o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 15:48, 16.05.2018.
O'qildi: 2496 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.