Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya 3-3 Yuventus

Nesterov, Jeparov va Kopadze OFK rekordchilari yoxud Osiyo kubogi tarixiga nazar solamiz

Nesterov, Jeparov va Kopadze OFK rekordchilari yoxud Osiyo kubogi tarixiga nazar solamiz

Baho:
+ | -1

Osiyo futboli tarixida hisob bo‘yicha 17-marta tashkillashtiriladigan qit’a chempionati eski tanishlarning yangi tanishuvlari bilan yodda qoladigan bo‘ldi.

Har holda, qur’a natijasida bitta guruhdan joy olgan jamoalar oldingi final bosqichlarida ham ko‘p bora o‘zaro uchrashgan. Xususan, oxirgi Osiyo kubogiga qarasak, bunday o‘yinlar soni 3ta.

Umuman, bugungi guruhdoshlar chempionat tarixida jami 20 marta bir-birlariga duch kelishgan. Deylik, O‘zbekiston milliy jamoasi bunga qadar bo‘lajak raqiblari - Yaponiya va Turkmaniston termalari bilan Osiyo kubogi final raundida 3 bora to‘qnash kelgan.

Aytish joiz, 2004 yili Yaponiya termasi chempionlik maqomini himoya qilganidan buyon amaldagi g‘olib keyingi turnir shohsupasiga ko‘tarilolmayapti.

Shuni nazarda tutsak, OK-2015 chempioni - Avstraliya termasi bu safar guruh raunddidayoq raqiblarning jiddiy qarshiligiga tayyor turishi kerak.

Misol uchun, suriyaliklarning osongina taslim bo‘lmasliklari tayin. Endi bo‘lajak turnir guruh bosqichida o‘zaro raqobatlashadigan jamoalarning avvalgi chempionatlarga bog‘liq hisob-kitoblarini ko‘rib chiqsak...

«A» guruhi: BAA, Tailand, Hindiston, Bahrayn

OK-84 (Singapur). 14 yanvar. Singapur. «Milliy» stadioni. 2000 tomoshabin. Guruh bosqichi. BAA - Hindiston - 2:0. Gollar: Adnan al Talya-ni (81), Fahad Hamis (88). Hakam: Abu Vohid Shanbe (Ummon).

OK-2011 (Qatar). 14 yanvar. Doxa. «Jassim bin Hamad» stadioni. 11032 tomoshabin. Guruh bosqichi. Bahrayn - Hindiston - 5:2. Gollar: Favzi Aysh (8-pen.), Ismoil Abdullatif (16, 19, 35, 77) - Gouramangi Singx (9), Sunil Chetri (52). Hakam: Subhiddin Mohd Solih (Malayziya).

Tailand termasi guruhdagi raqiblari bilan Osiyo kubogi final bosqichida ilk bora bahslashadi.

---------------------------------------------

«V» guruhi: Avstraliya, Suriya, Falastin, Iordaniya

OK-2015 (Avstraliya). 16 yanvar. Melburn. «Melburn to‘g‘riburchagi» stadioni. 10808 tomoshabin. Guruh bosqichi. Falastin - Iordaniya - 1:5. Gollar: Jaka Inbeysheh (84) - Yusuf al Ravadsheh (32), Hamza al Dar-dur (34, 45+2, 75, 79). Hakam: Kim Yong Xeok (J.Koreya).

Avstraliya va Suriya termalari guruhdagi raqiblari bilan Osiyo kubogi final bosqichida ilk bora bahslashadi.

---------------------------------------------

«S» guruhi: J.Koreya, Xitoy, Qirg‘iziston, Filippin

OK-88 (Qatar). 14 dekabr. Doxa. «Qatar SK» stadioni. 1000 tomoshabin. Yarim final. J.Koreya - Xitoy - 2:1 (qo‘sh. vaqt). Gollar: Li Tae Xo (93, 103) - Mai Chao (100). Hakam: Vinsent Mauro (AQSH).

OK-2000 (Livan). 13 oktyabr. Tripoli. «Olimpiya» stadioni. 1000 tomoshabin. Guruh bosqichi. J.Koreya - Xitoy - 2:2. Gollar: Li Yong Pyo (30), Nox Jung Yoon (58) - Su Mao Chjen (36), Fan Jiyi (66-pen.). Hakam: Umar al Mehannah (S.Arabistoni).

OK-2000 (Livan). 29 oktyabr. Bayrut. «Sports Siti» stadioni. 20000 tomoshabin. 3-o‘rin uchun. J.Koreya - Xitoy - 1:0. Gol: Li Dong Guk (76). Hakam: Nabil Ayyad (Livan).

Qirg‘iziston va Filippin termalari Osiyo kubogi debyutantlari hisoblanadi.

---------------------------------------------

«D» guruhi: Eron, Iroq, Vyetnam, Yaman

Iroq - Eron qarama-qarshiligi Osiyo kubogi klassikasiga aylanib ulgurgan - o‘zaro 6ta o‘yin.

OK-72 (Tailand). 9 may. Bangkok «Milliy» stadioni. 5000 tomoshabin. Guruh bosqichi. Eron - Iroq - 3:0. Gollar: Husayn Kaloni (34, 70, 78). Hakam: Sivapalan Katxiraval (Malayziya).

OK-76 (Eron). 4 iyun. Tehron. «Aryamehr» stadioni. 50000 tomoshabin. Guruh bosqichi. Eron - Iroq - 2:0. Gollar: Nosir Nurai (45), Hasan Ravshan (58). Hakam: Maryan Raus (YUgoslaviya).

OK-96 (BAA). 5 dekabr. Dubay. «Al Maktum» stadioni. 15000 tomoshabin. Guruh bosqichi. Eron - Iroq - 1:2. Gollar: Ali Dai (90-pen.) - Hussam Favzi (37), Xolid Sabbar (69). Hakam: Masayoshi Okada (YAponiya).

OK-2000 (Livan). 18 oktyabr. Sidon. «Saida» stadioni. 8582 tomoshabin. Guruh bosqichi. Eron - Iroq - 1:0. Gol: Ali Dai (77). Hakam: Umar al Mehannah (S.Arabistoni).

OK-2011 (Qatar). 11 yanvar. Al-Rayyan. «Ahmad bin Ali» stadioni. 10478 tomoshabin. Guruh bosqichi. Iroq - Eron - 1:2. Gollar: Yunus Mahmud (13) - G‘ulomrizo Rizoi (42), Imon Mobali (84). Hakam: Ravshan Ermatov (O‘zbekiston).

OK-2015 (Avstraliya). 23 yanvar. Kanberra. «Kanberra» stadioni. 18921 tomoshabin. Chorak final. Eron - Iroq - 3:3 (pen. - 6:7). Gollar: Sardor Azmun (24), Murtazo Puraliganji (103), Rizo Gujanna-jod (118) - Ahmad Yosin (56), Yunus Mahmud (93), Durgam Ismoil (116-pen.). Hakam: Benjamin Uilyams (Avs-traliya).

Vyetnam termasi guruhdagi raqiblari bilan Osiyo kubogi final bosqichida ilk marta bahslashadi. Yaman termasi Osiyo kubogi debyutanti hisoblanadi.

---------------------------------------------

«E» guruhi: S.Arabistoni, Qatar, Livan, KXDR

OK-84 (Singapur). 8 dekabr. Singapur. «Milliy» stadioni. 15000 tomoshabin. Guruh bosqichi. Qatar - S.Ara-bistoni - 1:1. Gollar: Ali Muhammad Zayd (47) - Muhammad Abdulja-vad (65). Hakam: Antoni Markes (Meksika).

OK-92 (YAponiya). 31 oktyabr. Xirosima. «Xirosima» stadioni. 4000 tomoshabin. Guruh bosqichi. S.Arabistoni - Qatar - 1:1. Gollar: Xolid al Muvallad (86) - Muborak Mustafo (74). Hakam: Neji Jouni (Tunis).

OK-2000 (Livan). 17 oktyabr. Sidon. «Saida» stadioni. 5000 tomoshabin. Guruh bosqichi. S.Arabistoni - Qatar - 0:0. Hakam: Tojiddin Faris (Suriya).

OK-2015 (Avstraliya). 14 yanvar. Melburn. «Melburn to‘g‘riburchagi» stadioni. 12349 tomoshabin. Guruh bosqichi. KXDR - S.Arabistoni - 1:4. Gollar: Ryang Yong Gi (12) - Naif Hazaziy (37), Muhammad al Sahlaviy (52, 54), Navaf al Obid (76). Hakam: Abdulloh al Hiloliy (Ummon).

Livan termasi guruhdagi raqiblari bilan Osiyo kubogi final bos-qichida ilk marta bahslashadi.

«F» guruhi: Yaponiya, O‘zbekiston, Ummon, Turkmaniston

OK-96 (BAA). 9 dekabr. Al-Ayn. «Taxnun bin Muhammad» stadioni. 2000 tomoshabin. Guruh bosqichi. Yaponiya - O‘zbekiston - 4:0. Gollar: Xiroshi Nanami (7), Kazuyoshi Miura (37), Masakiyo Mae-zono (86, 90). Hakam: Jalol Moradi (Eron).

OK-2000 (Livan). 17 oktyabr. Sidon. «Saida» stadioni. 2000 tomoshabin. Guruh bosqichi. Yaponiya - O‘zbekiston - 8:1. Gollar: Xiroaki Morishima (7), Akinori Nishizava (14, 25, 49), Naoxiro Takaxara (18, 20, 57), Xideaki Kitajima (79) - Sergey Lushan (29). Hakam: Shamsul Maydin (Singapur).

Fakt. Shu o‘yinda qatnashgan futbolchilarimizdan Baxtiyor Ashurmatov, Andrey Fyodorov, Sergey Lushan va Davron Fayziyev allaqachon murabbiylik ishini boshlashdi. Yaponiya termasi tarkibida maydonga tushgan eng yoshi katta futbolchi Xiroaki Morishima edi (28 yosh).

OK-2004 (Xitoy). 20 iyul. Chongking. «Chongking Olimpik Sports Sentr» stadioni. 35000 tomoshabin. Guruh bosqichi. Yaponiya - Ummon - 1:0. Gol: Shunsuke Nakamu-ra (33). Hakam: Mark Shild (Avs-traliya).

OK-2004 (Xitoy). 26 iyul. Chongking. «Chongking Olimpik Sports Sentr» stadioni. 34000 tomoshabin. Guruh bosqichi. Turkmaniston - O‘zbekiston - 0:1. Gol: Mirjalol Qosimov (84). Hakam: Muhammad Kusay (Suriya).

Shu paytgacha Osiyo kubogida Yaponiya - Turkmaniston, Ummon - Turkmaniston, O‘zbekiston - Ummon to‘qnashuvlari kuzatilmagan.

---------------------------------------------

Bilasizmi? Ignatiy Nesterov, Server Jeparov va Temur Kapadze ketma-ket 4ta (2004, 2007, 2011 va 2015 yillar) Osiyo kubogida ishtirok etishgan. Ulardan tash-qari, Yasuxito Endo (YAponiya), Yunus Mahmud (Iroq), Saud Haririy (S.Arabistoni), Javod Nekunam (Eron), Bilol Muhammad (Qatar) kabi futbolchilar ham oxirgi 4ta Osiyo chempionatida qatnashishgan. Umuman, Osiyo kubogida 4 martadan ishtirok etish atigi jami 11 nafar futbolchiga nasib qilgan.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:25, 17.05.2018.
O'qildi: 12999 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.