Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

O‘zbekiston Kubogi: 1/8 final bosqichi o‘yinlarining boshlanish vaqti

O‘zbekiston Kubogi: 1/8 final bosqichi o‘yinlarining boshlanish vaqti

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogining nimchorak finalidan joy olgan uchrashuvlarning vaqti aniq bo‘ldi.

Professional futbol ligasi Pro-liga klublari ishtirokidagi 3 ta uchrashuvni 17:00 ga belgiladi. Bunda uchrashuvlar iftorlik vaqtigacha yakuniga yetib ulguradi.

Superliga o‘yinlari ish kunida 18:00 dan erta boshlanmasligi belgilab qo‘yilgandi. Pro-Liga klublari esa o‘zaro kelishib, uchrashuvlar vaqtini tayin qilib kelayotgandi. “Sport” telekanali bu safar Pro-liganing “Iftixor” hamda “Dinamo” jamoalari ishtirokidagi o‘yinlarga e’tibor qaratishni lozim deb topdi va kubok doirasidagi bu ikki jamoa o‘yinlarini 17:00 ga qo‘yishni so‘radi.

Shu orqali futbol muxlislari Yoshlar Ittifoqi asosida tuzilgan “Iftixor” klubi haqida ma’lumotga ega bo‘lib oladi. Ayni vaqtda mazkur jamoa tomonidan qurilayotgan stadionda ta’mirlash ishlari yakuniga yetmagan. Yetgan taqdirda ham, uni IIV hamda PFL komissiyalari alohida-alohida o‘rganib chiqishi kerak bo‘ladi. Shuningdek, yangi stadiondan translyasiya uyushtirish imkoniyatini MTRK vakillari tekshiruvdan o‘tkazishi lozim. Bu ishlarni 29 may sanasigacha yakunlash uchun hozir ancha kech. Shundan kelib chiqib, “Iftixor” — “Paxtakor” o‘yini Oltiariqdagi Superliga talabiga javob bermaydigan stadionda emas, balki Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, Samarqandning “Dinamo” klubi “Qizilqum”ga qarshi kurash olib boradi. Samarqand shahri aholisi katta futbolni sog‘inib qolgani sir emas. Ayni vaqtda “Dinamo”ning Pro-Ligadagi ishtirokini ham qoniqarli deb bo‘lmaydi. Shundan kelib chiqib, “Sport” telekanali Samarqanddagi futbol uchrashuvini ham jonli namoyish etish istagini bildirdi. Bu o‘yin ham iftorlik vaqtiga qadar yakuniga yetib ulguradi.

Nukusdagi uchrashuv stadion yoritish tizimidagi muammolar tufayli 17:00 da start oladi. PFL Superliga klublarining oldiga bu borada talab qo‘ygan, Pro-liga klublari amal qilishi kerak bo‘lgan talablar esa yaqin kunlar ichida e’lon qilinadi. Bunda Pro-liga klublari bosqichma-bosqich rivojlanib borishi ko‘zda tutiladi.

O‘zbekiston Kubogining qolgan uchrashuvlari xuddi Superligadagi holat kabi start oladi. Ya’ni, ulardagi tanaffus iftorlik vaqtiga to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, “Sport” telekanali 1/8 final bosqichining jami 4 ta uchrashuvini jonli ko‘rsatadi.

O‘zbekiston Kubogi. 1/8 final

29 may (seshanba)

17:00  “Iftixor” — “Paxtakor” (live)

17:00  “Orol” — “Andijon”

19:02  “Bunyodkor” — “So‘g‘diyona” (live)

19:22 “Mash’al” — “Surxon”

30 may (chorshanba)

17:00  “Dinamo” — “Qizilqum” (live)

18:57  “Qo‘qon-1912” — “Neftchi”

19:03  AGMK — “Nasaf” (live)

19:03  “Lokomotiv” — “Sherdor”

1/8 final bosqichi g‘oliblari faqatgina bitta o‘yin orqali aniqlanadi. Ya’ni, uchrashuv asosiy va qo‘shimcha daqiqalari durang bilan yakuniga yetsa, penaltilar seriyasiga navbat beriladi.

Mazkur holat jonli efir rejalariga tegishli tartibda o‘zgartirish kiritishi mumkin. Agar birinchi o‘yinlar qo‘shimcha daqiqalarga qadar cho‘zilsa, u holda “Sport” telekanali vaziyatdan kelib chiqib ish ko‘radi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 10:02, 17.05.2018.
O'qildi: 5480 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик