«PSJ» hujumchisi Neymar Braziliya terma jamoasi safida JCH-2018da g‘oliblikni qo‘lga kiritmoqchi.
«Jahon chempionati — eng yirik musobaqa. Men unda ishtirok etishni va chempion bo‘lishni istayman. Bu Kubok meniki bo‘lishi lozim», — dedi Neymar.
Eslatib o‘tamiz, Neymar Braziliya terma jamoasining JCH-2018 uchun qaydnomasiga kiritilgan.