Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Inter - Arsenal
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Olimpiakos - Bayer
21/01 01:00 Real Madrid - Monako
21/01 01:00 Sporting - PSJ
21/01 01:00 Tottenhem - Borussiya D
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Premyer Liganing ramziy termasi: Saloh, De Bryuyne va boshqalar

Premyer Liganing ramziy termasi: Saloh, De Bryuyne va boshqalar

Baho:
+ | -

2017-18-yilgi Premyer Liga mavsumi ham o‘z poyoniga yetib bormoqda. Shu sababli, bir qator futbol nashrlari o‘zlarining ramziy termasini tuzib chiqishni boshlab yuborishdi. E’tiboringizga Goal nashrining ramziy terma jamoasini taqdim qilamiz.

Darvozabon:

David De Xea (“Manchester Yunayted”)

Agarda David De Xeani mavsumdagi omadsizligini isbotlamoqchi bo‘lsak, “MYU”ning “Brayton”ga 1-0 hisobida mag‘lub bo‘lgan uchraushuvini tilga olishimiz kerak. 27 yoshli darvozabon mavsum mobaynida jamoadoshlari yo‘l qo‘ygan xatolarni ajoyib seyvlari bilan to‘g‘rilab turdi. De Xeasiz “qizil iblislar” turnirni qaysi pog‘onada tugatishini tasavvur qilish imkonsizdir.

Himoyachilar:

Kayl Uoker (“Manchester Siti”)

Kayl Uoker yangi jamoasidagi debyut mavsumi ajoyib bo‘ldi. O‘tgan yozda “Tottenxem”ni tark etishi to‘g‘ri qaror bo‘lganligiga o‘zi ham ishonsa kerak. “Men dunyoning eng yaxshisi bo‘lishni istayman” – deydi Uoker Sky Sports ga bergan intervyusida. “Hamma dunyoning eng yaxshisi bo‘lishni xohlaydi, shu jumladan men ham. Gvardiolaning bilimi, tajribasi tufayli men bunga erishdim.”

Jeyms Tarkovski (“Byornli”)

“Byornli” kelasi mavsumda Yevropa Ligasida o‘ynaydi. Shon Daych shogirdlari turnir jadvalida kamida yettinchi pog‘onani egallashadi va ular yangi mavsumda Yevropa futboli havosida bahramand bo‘lishadi. Aynan uning shogirdi Jeyms Tarkovski ligada mavsumning yil futbolchisi bo‘lishga asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi. 25 yoshli himoyachining jamoasiga ta’siri ancha sezilarli bo‘ldi. Buning evaziga u milliy terma libosida tushish sharafiga loyiq deb topildi. “Uch sherlar”ning mart oyida Italiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Tarkovski debyutini o‘tkazdi va Rossida bo‘lib o‘tadigan Mundialda ham o‘z omadini sinab ko‘rishi mumkin.

Yan Vertongen (“Tottenxem”)

“Taqachilar” himoyasida hozir-u nozir futbolchi bu belgiyalik himoyachi Yan Vertongen bo‘ldi. U londonliklarning himoya chizig‘ida Devinson Sanches bilan mustahkam juftlikni hosil qildi va jamoasining kuchli to‘rtlikka kirishiga katta hissasini qo‘shdi.

Endryu Robertson (“Liverpul”)

Robertsonning “Liverpul” himoya chizig‘ida asosiy tarkib futolchisiga aylanishining o‘zi bir voqea. 24 yoshli himoyachi o‘zining Premyer Ligadagi 20-o‘yinini “Bornmut”ga qarshi kechgan o‘yinda (3-0) o‘tkazdi. Shundan keyin Chempionlar Ligasining “Roma”ga qarshi kechgan ikkala uchrashuvda aynan uning sayi-harakatlari jamoasiga katta foyda keltirdi. Bu bilan Yurgen Klopp shotlandiyalik himoyachiga bo‘lgan ishonchi yuqori ekanligini ko‘rishimiz mumkin.

Yarim himoyachilar:

Kevin De Bryuyne (“Manchester Siti”) Davomi:

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:29, 17.05.2018.
O'qildi: 6449 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.