Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Umid Ahmadjonov Qatar va Gollandiyada muzokaralar olib borish uchun jo‘nab ketdi

Umid Ahmadjonov Qatar va Gollandiyada muzokaralar olib borish uchun jo‘nab ketdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov Qatar qirollik oilasining vakili, Qatar futbol assosiasiyasi prezidenti Shayx Hamad bin Xalifa Ahmad al-Taniy taklifiga ko‘ra Doxaga jo‘nab ketdi.

U yerda Umid Ahmadjonov dunyodagi eng yaxshi futbol akademiyalaridan biri sanalgan “Aspire”ga tashrif buyuradi. Xabaringiz bor, Umid Ahmadjonov o‘tgan yilning 16 oktyabr kuni “Aspire” akademiyasiga tashrif buyurgan edi. Bu safar tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad, yurtimizda barpo qilinayotgan bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalariga Qatardan mutaxassislarni jalb qilishdan iborat.

Shuningdek, rejaga ko‘ra O‘FA birinchi vise-prezidenti JCH—2022 tashkiliy qo‘mitasi rahbariyati bilan ham ko‘rishib, JCHga tayyorgarlik bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishadi.

“Biz hozirdanoq 2022 yilgi jahon chempionati uchun poydevor qo‘yib borishimiz kerak. Asosiy maqsad Qatardagi jahon chempionatiga yo‘llanma olish ekan, bu yo‘lda tinmay mehnat qilishimiz va eng asosiysi xalqaro aloqalarni mustahkamlab borishimiz lozim. Shu boisdan Qatarga amalga oshirayotgan tashrifimiz har tomonlama unumli va samarali bo‘lishidan umidvorman”- dedi Umid Ahmadjonov MOQ matbuot xizmatiga.

Dohaga tashrifi davomida Umid Ahmadjonov shuningdek, 19 may kuni «Al Duhayl» hamda «Al Rayyan» jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan Qatar amiri kubogining final uchrashuvini stadionning martabali mehmonlar lojasidan tomosha qiladi.

Qatardagi safar yakuniga yetgach, Umid Ahmadjonov Gollandiyaning Amsterdam shahriga yo‘l olishi rejalashtirilgan. U yerda dunyodagi eng kuchli akademiyalardan yana biri bo‘lgan «Ayaks» futbol klubi akademiyasini ko‘zdan kechirib, u yerda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, «Ayaks» futbol klubi rahbariyati bilan uchrashuv tashkil qiliniib, o‘zaro hamkorlik qilish, gollandiyalik mutaxassislarni yurtimizga jalb qilish masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkaziladi.

Shuningdek, Amsterdamda Gollandiya Qirolligi futbol uyushmasi prezidenti bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvda o‘zbekistonlik yosh futbolchilarni Gollandiyaning kuchli klublariga jalb qilish, shu orqali futbolchilarimizning Yevropaga chiqishiga yo‘l ochish, Milliy terma jamoalarimizga Yevropa futbolida chiniqqan kuchli nomzodlarni tayyorlash masalalari muhokama qilinadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 09:40, 18.05.2018.
O'qildi: 4871 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.