"Barselona" yarimhimoyachisi Andres Inyesta faoliyatini Yaponiyada davom ettiradi.
Mahalliy Sports Houchi nashriga ko‘ra, futbolchi shartnoma borasida "Vissel Kobe" bilan kelishib olgan.
La liganing 38-turida "Real Sosyeded" bilan o‘yindan so‘ng Inyesta Yaponiyaga uchib ketadi, u yerda uni "Vissel Kobe" klubi Rakuten kompaniyasi prezidenti Xiroshi Mikitani kutib oladi.