Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Har bir mahallada futbol maydoni bo‘lishi shart

Har bir mahallada futbol maydoni bo‘lishi shart

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

2018 yil 17 may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Mahalla” kengashi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 16 martdagi PQ-3610-sonli “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining “Davlat-xususiy sheriklik asosida futbol maydonlarini qurilishini nazarda tutuvchi “har bir mahallada futbol maydoni” dasturini amalga oshirish mexanizmi mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi kadrlar bo‘limi inspektori Muhiddin Karimov Qoraqalpog‘iston tumanlaridagi mahalla fuqarolari yig‘ini raislari bilan suhbat o‘tkazdi.

 

Yig‘ilish davomida Prezident qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritildi. Mahalla fuqarolar yig‘ini raislari yoshlar orasida futbolni ommalashtirish, uyushmagan yoshlarni sportga jalb etish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda “har bir mahallada futbol maydoni” dasturining ahamiyati yuqori ekanini ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, ushbu loyiha bo‘yicha mahallalarda futbol maydonlari qurilishini boshlash uchun zarur vositalar bo‘yicha fikr almashildi.

Faqatgina futbol maydoni bilan cheklanib qolmay, boshqa sport turlari – basketbol, volleybol kabi sport turlari uchun ham maydonchalar, trenejerlar, ona-bola maydonchalari barpo etish kerakligi, shuningdek, maydonlarda muxlislar uchun o‘rindiqlar, kiyim almashtirish xonalari va yuvinish xonalari mavjud bo‘lishiga alohida ahamiyat qaratish kerakligi ta’kidlab o‘tildi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 19:13, 18.05.2018.
O'qildi: 4639 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.