"Napoli" bosh murabbiyi Maurisio Sarri o‘zining klubdagi faoliyati yakuniga yetdi deb hisoblamoqda.
Italiya gazetalarining yozishicha, mutaxassisning "Zenit"da ishlashga xohishi yo‘q, hatto unga yiliga 9 mln yevro taklif qilsalar ham. Ko‘pchilik Sarrining "Chelsi"da ishlash istagi haqida taxmin qilmoqda.
Avvalroq Sarrining familiyasi "Zenit" bosh murabbiyi vazifasiga nomzodlar qatorida ko‘rilayotgan edi.