Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

«Chelsi» Angliya kubogini qo‘lga kiritdi

«Chelsi» Angliya kubogini qo‘lga kiritdi

Baho:
+1 | -

Angliya kubogining hal qiluvchi bahsi bo‘lib o‘tdi. Londondagi «Uembli» o‘yingohida «Chelsi» va «Manchester Yunayted» klublari to‘qnash kelishdi.

Mazkur o‘yin har ikkala jamoa uchun mavsumni sovrin bilan yakunlash uchun so‘nggi imkoniyat edi. Boisi, yutqazgan jamoa ushbu mavsumni birorta sovrinsiz yakunlashga majbur bo‘lardi. Bugungi uchrashuvda birinchi bo‘lib gol urgan jamoa taktik jihatdan ustunlikka ega bo‘lib olardi. Bu imkoniyatdan Konte shogirdlari foydalanishdi.

Birinchi bo‘limning o‘rtalarida Eden Azar tezlik evaziga "MYU" futbolchisi Fil Jonsdan o‘tib ketdi, himoyachi jarima maydonchasi ichida raqibini yiqitishga majbur bo‘ldi. Belgiyalik futbolchining o‘zi belgilangan penaltidan samarali foydalanib, hisobni ochdi.

Qolgan daqiqalarda "Chelsi" hisobni ushlashga harakat qildi. "MYU" yaratgan imkoniyatlardan foydalana olmadi. Tibo Kurtua ham o‘yinni yuqori saviyada o‘tkazdi.

Shu tariqa, "Chelsi" o‘z tarixida 8-marta Angliya kubogini qo‘lga kiritdi. Joze Mourinyo esa ushbu mavsumni sovrinsiz yakunladi.

Angliya kubogi, final
19 may, 21.15, «Uembli»
CHELSI – MANCHESTER YUNAYTED 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 22, penalti Azar.
Chelsi – Kurtua, Aspilikueta, Keyxill, Ryudiger, Mozes, Azar (Villian, 90), Fabregas, Kante, Bakayoko, Alonso, Jiru (Morata, 89).
Manchester Yunayted – De Xea, Jons (Mata, 87), Smolling, Valensiya, Yang, Pogba, Matich, Lingard (Marsyal, 73), Errera, Sanches, Reshford (Lukaku, 73).
Ogohlantirishlar: Jons (21), Valensiya (58), Kurtua (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:42, 19.05.2018.
O'qildi: 25374 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик