Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al - Buxoro
27/04 19:00 OKMK - Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

«Real» YECHL finali oldidan durang o‘ynadi

«Real» YECHL finali oldidan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining so‘nggi turi doirasida "Real" safarda "Vilyarreal" mehmoni bo‘ldi. Mazkur o‘yin Zidan shogirdlari uchun Yevropa chempionlar ligasi finali oldidan o‘ziga xos repitisiya vazifasini o‘tib berdi.

Madridliklar birinchi bo‘limni juda yaxshi o‘tkazishdi. Uchrashuvning 11-daqiqasida Garet Beyl individual mahorati evaziga hisobni ochgan bo‘lsa, 32-daqiqada Marselo tomonidan yetkazilgan ajoyib uzatmani Ronaldu bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi — 0:2.

Ushbu gollardan keyin o‘yin taqdiri hal bo‘lgan edi, go‘yo. Ammo "sariq suvosti kemasi" ikkinchi bo‘limni yuqori kayfiyatda o‘tkazdi va nomdor raqibni g‘alabadan mahrum qildi. Dastlab zaxiradan maydonga tushgan Roxer Martines aniq zarba bilan Lyuka Zidanni dog‘da qoldirdi. O‘yin tugashiga 5 daqiqa qolganida Marselo orqa chiziqda biroz ushlanib qolishi natijasida ofsayd qayd etilmadi hamda Kastilyexo darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib, hisobni tenglashtirdi — 2:2.

Shu tariqa, "Real" YECHL finali oldidan durang qayd etdi. "Qirollik klubi" Ispaniya chempionatining ushbu mavsumini 3-o‘rinda yakunladi. "Vilyarreal" esa 5-pog‘onani egalladi hamda u kelasi mavsumda Yevropa ligasida ishtirok etadi.

Ispaniya La ligasi, 38-tur
Vilyarreal – Real Madrid 2:2 (0:2, 2:0)
Gollar: 0:1 – 11 Beyl, 0:2 – 32 Ronaldu, 1:2 – 70 Martines, 2:2 – 85 Kastilyexo.
Vilyarreal – Fernandes, Alvaro Gonsales, Marin, Mario Gaspar, Bonera, Soriano, Rodri Ernandes, Xavi Fuego (Ad-Dosariy, 57), Fornals (Kastilyexo, 77), Sansone, Unal (Martines, 67).
Real Madrid – Zidan, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Isko (Kovachich, 73), Kazemiro, Modrich (Vaskes, 62), Kroos, Beyl, Ronaldu (Benzema, 62).
Ogohlantirishlar: Modrich (48), Kastilyexo (79), Alvaro Gonsales (79), Kazemiro (84), Martines (88), Kroos (89), Ad-Dosariy (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:49, 20.05.2018.
O'qildi: 6468 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик