Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/06 00:00 Albaniya 0-1 Ispaniya
25/06 00:00 Xorvatiya 1-1 Italiya
25/06 03:00 Kolumbiya 2-1 Paragvay
25/06 06:00 Braziliya 0-0 Kosta-Rika
25/06 20:00 Olimpik 2-0 Surxon
25/06 21:00 Fransiya 1-1 Polsha
25/06 21:00 Niderlandiya 2-3 Avstriya
26/06 00:00 Angliya 0-0 Sloveniya
26/06 00:00 Daniya 0-0 Serbiya
26/06 03:00 Peru 0-1 Kanada
26/06 06:00 Chili 0-1 Argentina
26/06 20:00 Andijon - Navbahor
26/06 20:00 Metallurg - Nasaf
26/06 21:00 Slovakiya - Ruminiya
26/06 21:00 Ukraina - Belgiya
27/06 00:00 Chexiya - Turkiya
27/06 00:00 Gruziya - Portugaliya
27/06 03:00 Ekvador - Yamayka
27/06 06:00 Venesuela - Meksika
27/06 20:00 Neftchi - Lokomotiv
27/06 20:00 Paxtakor - Bunyodkor

Messi «Sosyedad»ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydimi?

Messi «Sosyedad»ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydimi?

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining so‘nggi turida "Barselona" o‘z uyida "Real Sosyedad"ni qabul qiladi. Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Ernesto Valverde «Kamp Nou»da bo‘ladigan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Sosyedad»ga qarshi o‘yin haqida
«Bu futbol bayrami bo‘ladi. Mavsumni yaxshi yakunlash uchun munosib o‘yin ko‘rsatishimiz kerak. Andres Inyesta "Barsa" safida so‘nggi o‘yinni o‘tkazayotgani bois, bugungi bahs biz uchun muhim ahamiyatga ega. U uchun ham g‘alaba qozonishni istaymiz».

Andres Inyestaning ketishi haqida
«Inyestaning o‘rnini hech kim bosa olmaydi. Ha, safimizda Denis Suares, Alenya va Koutinyo kabi futbolchilar bor. Ular Andresning pozisiyasida harakat qilishadi. Inyestaning yo‘qligini bilintirmaslikka harakat qilamiz».

Buskets haqida
«U jamoaga kerakli balansni berib turibdi. Ishonchim komil, u hech qayoqqa ketmaydi».

Leo Messi haqida
«U deyarli har bir uchrashuvda to‘liq o‘ynab kelmoqda. Nazarimda, uni asrash vaqti keldi. Leo butun mavsum davomida jamoa katta yordam berib keldi».

Jamoaning ishtirokiga baho
«Biz uzun va murakkab yo‘lni bosib o‘tdik. Mavsum biz uchun ajoyib o‘tdi va natijalardan qoniqish hosil qilsak bo‘ladi. O‘z xatolarimizdan to‘g‘ri xulosa chiqardik va yanada kuchliroq bo‘ldik. "Oltin dubl" qayd etganimiz — bu zo‘r».

Tarbiyalanuvchilarga ishonch haqida
«Barselona» bosh murabbiyi hamisha klub tarixi va jamoa an’analari haqida o‘ylashi lozim. Akademiyada iqtidorli futbolchilar ko‘p, masalan, Alenya va Riki Puch. Ular — jamoa kelajagi. Yosh o‘yinchilar "Barsa" safida o‘z kelajagini ko‘rishlarini istayman».

Kelasi mavsum va transfer rejalari haqida
«Bashoratlar amalga oshishi ham, amalga oshmasligi ham mumkin. Oldindan taxmin qilishni istamayman. Jamoaga ko‘p futbolchilarni qo‘shib olishni xohlamayman. Ixtiyorimizda "Barsa B" bor. Bu jamoadan tarbiyalanuvchilarimizni asosiy jamoaga jalb qilish mumkin».

Kelasi mavsum uchun maqsadlar haqida
«Barcha sovrinlarni qo‘lga kiritishni istaymiz!»

Manba: barcamania.com
Kiritildi: 10:58, 20.05.2018.
O'qildi: 7826 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.