Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Samarqandda murabbiylarni kasbiy malakasini aniqlash bo‘yicha seminar o‘tkazilmoqda

Samarqandda murabbiylarni kasbiy malakasini aniqlash bo‘yicha seminar o‘tkazilmoqda

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi yurtimizda malakali murabbiylarni tayyorlash, ularning saviyasini muntazam ravishda oshirib borish yo‘nalishida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Shu maqsadda O‘FA mutaxassislari tomonidan yurtimizning turli viloyatlarida OFK va O‘FAning murabbiylik lisenziyalariga ega mutaxassislarning kasbiy malakasini aniqlash bo‘yicha seminarlar tashkil qilinmoqda.

Ana shunday seminarlardan biri Andijon viloyatida bo‘lib o‘tayotgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Samarqanddagi Olimpiya zaxiralari kollejida ham murabbiylarning kasbiy malakasini aniqlash bo‘yicha seminar va amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tmoqda. 18 may kuni boshlangan seminarda jami 60 nafar murabbiy ishtirok etyapti. Seminarni O‘FA mutaxassisi Jalimov Ongarbay o‘tkazmoqda.

Amaldiy imtihonlar davomida murabbiylarning mashg‘ulotlar olib borishga qanday tayyorgarlik ko‘rganliklari, maydonni mashg‘ulotga tayyorlash, mashg‘ulot davomida bolalarga ko‘rsatmalar berib borish usuli, murabbiyning mashg‘ulot davomida o‘zini tutishi, futbolchilarning mashg‘ulotdagi xatolarini ko‘rsatib borish va o‘sha xatoni to‘g‘irlash borasida amalga oshiradigan xatti-harakatlari sinovdan o‘tkazilyapti.

Imtihonlar natijalari ko‘ra murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullanish talabiga javob bermaydigan mutaxassislar tegishli murabbiylik sertifikatlari va lisenziyalaridan mahrum qilinadi.  

Bunday seminarlar butun respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 10:09, 21.05.2018.
O'qildi: 1945 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.