Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fotogalereya: Jarima zarbasi ustalari, to‘purar darvozabon, «Fergi-taym» yoxud 90-yillar futbolini qo‘msab…

Fotogalereya: Jarima zarbasi ustalari, to‘purar darvozabon, «Fergi-taym» yoxud 90-yillar futbolini qo‘msab…

Baho:
+ | -

Fourfourtwo nashri o‘tgan asrning 90-yillari futbol olamida ro‘y bergan voqealarning eng saralarini jamladi.

Demak, o‘sha kezlari muxlislarga olam-olam quvonch tuhfa etgan damlar, hayajonli onlar sababchisiga aylangan futbolchilar, ajoyib tarkibi bilan jozibali o‘yinlar ko‘rsatib, hozirda quyi ligalarda sarson yurgan jamoalarni quyidagi fotogalereya orqali yana bir bor yodga olamiz.

JARIMA ZARBALARI USTALARI

Alvaro Rekoba, Devid Bekxem, Roberto Karlos, Juninyo Pernambukano, Sinisha Mixaylovich - har birining o‘ziga xos uslubi bo‘lgan.

KUBOK EGALARI KUBOGI

Janfranko Zola, Roberto Manchini, Tore Andre Flo, Toni Adams, Kristian Vyeri, Gustavo Poyet kabilardan so‘rang, ular bu turnirni keraksiz deb hisoblashmaydi.

«PARMA»

Tarkibga nazar soling: Fabio Kannavaro, Lilian Tyuram, Ernan Krespo, Xuan Sebastyan Veron... Kim esdan chiqdi? Albatta, Janluiji Buffon.

«LIDS»

Alan Smit, Li Boyer, Mark Viduka i Lukas Radebe kabi futbolchilarning nomi raqiblarni qo‘rquvga solardi.

«DEPORTIVO»

Aholisi 250 ming kishidan iborat shaharda dastlab Bebeto va Mauro Silva, keyinchalik Jalminya, Roy Makay, Diyego Tristan, Pedru Pauleta singari o‘yinchilardan iborat ajoyib jamoa shakllangandi.

TO‘PURAR DARVOZABON

Paragvay prezidentligi uchun nomzodini qo‘ygan kiper faoliyati davomida 62ta gol urgan. Chilavert har qanday o‘yinni shouga aylantirib yuborardi.

YEVROPADA LEGIONERLAR LIMITI

Ha, «ko‘hna qit’a»da ham shunday cheklov bo‘lgan va 1995 yildan boshlab legionerlarga qo‘yilgan limit bekor qilingan.

IVAN SAMORANO LIBOSIDAGI «1+8»

1997|1998 yillar mavsumi 9-raqam Ronaldoga berilgach, Ivan Samorano o‘z libosidagi «18»ning o‘rtasiga plyus belgisini qo‘yib, vaziyatdan osongina chiqqan.

SHEVCHENKO — REBROV TANDEMI

90-yillar oxirida Valeriy Lobanovskiy Kiyevning «Dinamo» klubida ajoyib forvardlardan iborat fantastik juftlik yaratgandi.

TARIBO UESTNING SOCH TURMAGI

Murabbiylar ushbu futbolchini o‘zgacha soch turmagi uchun emas, balki yuksak iqtidor sohibi bo‘lgani sababli hurmat qilishgan.

O‘SHA NIGERIYA TERMASI

Finidi Jorj, Jey Jey Okocha, Deniyel Amokachi, Taribo Uest hamda Emmanuel Amunike kabi futbolchilarning yorqin o‘yinlari hozirgacha yoddan ko‘tarilmagan.

«FERGI-TAYM»

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda. 
Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:39, 21.05.2018.
O'qildi: 5691 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.