Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi OlympicUz mobil ilovasini ishga tushirdi

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi OlympicUz mobil ilovasini ishga tushirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Hurmatli saytimiz o‘quvchilari, qadrli hamkasblar, o‘zbek sportiga befarq bo‘lmagan barcha yurtdoshlarimiz uchun ajoyib hushxabar!

Milliy olimpiya qo‘mitasi o‘zbek sportida nafaqat natijalar sifatini oshirish, keng qamrovli islohotlar olib borish, balki, ro‘y berayotgan yangiliklar, qayd etilayotgan natijalarni tezkorlik bilan ommaga yetkazib berishni ham o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Bugungi kunda smartfonlarimizga o‘rnatilgan mobil ilovalar orqali ma’lumot olish eng tezkor va qulay usullardan biriga aylanib ulgurgan. Bu o‘z navbatida vaqtni tejash imkonini ham beradi. Aholi orasida mobil ilovalarga talab yuqori ekanligini inobatga olgan holda Milliy olimpiya qo‘mitasi sodda va qulay interfeysga ega Android hamda iOS vositalari uchun OlympicUz mobil ilova dasturini ishga tushirdi.

Bu orqali siz:

-O‘zbek sportida ro‘y berayotgan eng so‘nggi va aniq yangiliklardan o‘zbek va rus tillarida xabardor bo‘lish;

-O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi strukturasi xaqida ma’lumot olish;

-O‘zbekistondagi sport federasiyalari haqidagi to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lish;

-Mediagalereya;

-Muhim sport musobaqlari taqvimi;

-O‘zbek sportchilarining Olimpiya va Osiyo o‘yinlarida qo‘lga kiritgan yutuqlari;

-Xalqaro sport tashkilotlari haqida ma’lumotlar olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Ayni paytda dastur test rejimda ishlamoqda. Mobil ilova borasida sizda taklif, fikr va mulohazalar bo‘lsa, ularni ko‘rib chiqishga tayyormiz. Bundan faqat va faqat xursand bo‘lamiz.

Dasturlarni quyidagi havola orqali ko‘chirib olishingiz mumkin:

ANDROID UCHUN HAVOLA

iOS UCHUN HAVOLA

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni ham kuzatib boring:

Facebook – facebook.com/nocuzbekistan

Instagram – instagram.com/Olympic.uz

Twitter – twitter.com/Olympicuz

Telegram – t.me/OlympicUz

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 16:36, 21.05.2018.
O'qildi: 3216 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.