Goal nashri yaqinlashib kelayotgan 2018-yilgi Jahon Chempionatining autsayder terma jamoalari haqida so‘z yuritdi. Mundial favoritlari haqidagi maqolani ushbu havolada o‘qishingiz mumkin.
Jahon Chempionati autsayderlari
Futbol ekspertlari Lionel Messi futbol tarixidagi eng zo‘ri bo‘lishi uchun u terma jamasini Jahon Chempioni qilishi kerak ekan. “Barselona” yulduzi o‘tgan Mundialning finalida mag‘lub bo‘lib bu orzusini amalga oshira olmagandi. Ammo bu safargi Jahon Chempionati oldingisidan farq qiladi. Argentina ushbu turniga so‘nggi hal qiluvchi o‘yinda Messining ko‘rsatgan “sehri” evaziga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi.
Ularda turnirni yutish imkoniyati 9/1 deya baholangan. Ammo ular o‘rtoqlik o‘yinida Ispaniyadan qaqshatkich 6-1 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib olganini eslasak, terma jamoaning sport formasi havas qilgulik emasligi seziladi. Boz ustiga “Albiseleste” guruhda – Xorvatiya, Islandiya va Nigeriya qarshiligini yengishi kerak.
Amaldagi Yevropa chempionlari Portugaliyaga ham bukmekerlar past baho bergan. 25/1 ko‘rsatkichi Krishtianu Ronalduni hafa qilsa kerak. Saralash bosqichida “Real” yulduzi 15 golni yozdirib qo‘ygan. Fernando Santos jamoasi Andre Silva va Joao Kanselu kabi yosh iqtidorlarga ega bo‘lsada, ularda barcha davrlarning eng yaxshilaridan biri – Ronaldu bor. Ular ko‘prog‘iga erishishga urinib ko‘radi.
Rossiya yashil maydonlarida o‘tadigan Mundialda Belgiyaning ham imkoniyatlari past baholangan. “Oltin avlod”ga ega Belgiya – Kevin De Bryuyne, Eden Azar va Romelu Lukakular kabi iste’dodlarga to‘la. Ularning sovringa ega chiqish imkoniyati 11/1 deya ko‘rilgan.
“Qizil iblislar” 2014-yilgi Jahon chempionatida chorak finalgacha bora olgan edi. Bunday natijani Yevro-2016 da ham takrorladi. Ammo terma jamoa barchasi amalda boshqacha bo‘lishi mumkinligini isbotlashga qodir yosh iqtidorlarga ega.
Jahon Chempionati omadsizlari
Yillar o‘tib Angliya Jahon Chempionatini yutib olishi imkonsiz darajaga tushib qoldi. Yulduzlarning sifatiga ko‘ra, Garet Sautgeyt shogirdlari 2000-yillardagi “Oltin avlod” vakillaridan tubdan farq qiladi. Ularning imkoniyati 16/1 ni tashkil qiladi.
“Uch sherlar” garchi turnir saralashini osonlikcha bosib o‘tgan bo‘lsada, Germaniya, Braziliya, Gollandiya va Italiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida yorqin o‘yin ko‘rsatganicha yo‘q.
Ikki karra Jahon chempionlari – Urugvay omadsiz terma jamoalar orasidagi navbatdagi terma jamoadir. Ularning imkoniyati 28/1 deya chamalangan. Terma jamoa sovrinlar uchun kurashishga qodir emas, deya bashorat qilinmoqda.
Ular saralashda Braziliyadan keyin ikkinchi, Argentinadan ancha oldinda yakunlagan. Boz ustiga “Seleste” Luis Suares va Edinson Kavani kabi mohir hujumchilarga ega. Umumiy ko‘rinishda esa baribir Urugvayning bosh sovrin uchun kurash olib borish ehtimoli juda past.
Xorvatiya bir paytlar Fransiyada bo‘lib o‘tgan Mundialni 3-o‘rin bilan yakunlagan vaqtlar bo‘lgan. 2002, 2006 va 2014-yilgi ...