Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Osiyo o‘yinlari oldidan: terma jamoalarimiz o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini qizg‘in davom ettirmoqdalar

Osiyo o‘yinlari oldidan: terma jamoalarimiz o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini qizg‘in davom ettirmoqdalar

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, 18 avgust kuni Indoneziyada XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari start oladi. O‘zbekiston sport delegasiyasi mazkur nufuzli musobaqada munosib ishtirok etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Bu borada Milliy olimpiya qo‘mitasi terma jamoalarimiz uchun barcha kerakli shart-sharoitlarni yaratib bergan.

Bugungi kunda bir necha sport turlari bo‘yicha terma jamoalarimiz Osiyo o‘yinlariga qaratilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini olib bormoqdalar. Jumladan, eshkak eshish («Tuyabo‘g‘iz» suv ombori), dzyudo (CHirchiq), boks (Angren), badiiy gimnastika (Toshkent), karate (Bo‘stonliq) bo‘yicha terma jamoa a’zolari ayni paytda mashg‘ulotlarni jadallik bilan davom ettirmoqdalar.

Shuningdek, o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida qatnashadigan kanoechi va kurashchilarimiz ham Argentinadagi musobaqaga allaqachon tayyorgarlikni boshlab yuborganlar.

Ma’lumot uchun, bugungi kun holatiga ko‘ra, O‘zbekiston sport delegasiyasi Jakartadagi Osiyo o‘yinlarida 264 kishilik tarkib bilan ishtirok etishi ko‘zda tutilmoqda. Ammo musobaqa boshlanishiga yaqin tarkib yanada kengayishi ham ehtimoldan holi emas. Sportchilarimiz 28 ta sport turi bo‘yicha o‘tkaziladigan bellashuvlarda yurtimiz sharafini himoya qiladilar. Voqealar rivojini biz bilan kuzatib boring.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 04:10, 23.05.2018.
O'qildi: 1890 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик