Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem
26/11 15:00 Ulsan Xyonde 1-3 Shangxay Port
26/11 15:00 Vissel Kobe 3-2 Sentrel Kost
26/11 17:00 Buriram Yunayted 0-3 Kavasaki Frontale
26/11 17:00 Shandong Taishan 1-0 Johor Dorul Ta'zim
26/11 19:00 Sharja 3-1 Istiqlol Dushanbe
26/11 21:00 As-Sadd 1-1 Al-Hilol
26/11 21:00 Ash-Shorta 1-3 Al-Vasl
26/11 21:00 Sepohon 1-1 Al-Vihdat
26/11 22:45 Slovan 2-3 Milan
26/11 22:45 Sparta 0-6 Atletiko
27/11 01:00 Bayer 5-0 Zalsburg
27/11 01:00 Bavariya 1-0 PSJ
27/11 01:00 Yang Boyz 1-0 Atalanta
27/11 01:00 Barselona 3-0 Brest
27/11 01:00 Inter 1-0 RB Leypsig
27/11 01:00 Manchester Siti 3-3 Feyenoord
27/11 01:00 Sporting 1-5 Arsenal

Yozgi biatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi

Yozgi biatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi

Baho:
+ | -

Chirchiq shahridagi Jaloliddin Manguberdi sport majmuasida yozgi biatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi.

S.Nichipurenko xotirasiga bag‘ishlangan musobaqaning erkaklar o‘rtasidagi sprint dasturi 4000 metr masofada o‘tkazilib, uni Surxondaryo viloyati vakili, sport ustasi Vitaliy Slastyon 15 daqiqa 59 soniyada bosib o‘tdi. Undan 14 soniya ortda qolgan farg‘onalik Muzaffar Mamasoliyev ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Buxorolik sportchi Uyg‘un Zamonov esa finishga peshqadamdan 26 soniya kechroq yetib kelgan.

Chempionatning ikkinchi kuni ta’qib poygalari ham murosasiz ko‘rinish oldi. Dastlabki o‘rin sohiblari ta’qibchilarini yetib olishlariga imkon yaratishmadi. Vitaliy Slastyon yana birinchi, Muzaffar Mamasoliyev esa ikkinchi bo‘lib marraga yetib kelishdi. Uchinchi o‘ringa esa namanganlik Doniyor Qurbonaliyev sazovor bo‘ldi. Qisqa tanaffusdan sung yana mamlakat chempionatida qatnasha boshlagan iqtidorli sportchi Murod Hojiboyev to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi.

“Musobaqalarda 15 yoshli sportchilarni ham startga chiqib, kattalar o‘rtasidagi chempionatda yetakchilik uchun kurashganini O‘zbekiston birinchiliklarining samarasi sifatida qarash mumkin. Bundan tashqari, yosh sportchilarning terma jamoamiz tarkibida jahon kubogi va chempionatlarida tajriba orttirgan sportchilarimizga qarshi tengma-teng kurash olib borayotgani respublikamizda iqtidorli yoshlarning ko‘pligi, ularni saralash va xalqaro musobaqalarga tayyorlash uchun hali ko‘p mehnat qilishimiz kerakligini ko‘rsatmoqda”, – deydi chempionat bosh hakami, respublika texnik va amaliy turlari markazi bosh direktori o‘rinbosari SH.Ismatullayev.

Chempionatning ayollar o‘rtasidagi sprint bahslari 3000 metr masofada tashkil etildi. Unda samarqandlik sportchilar yetakchilik qilishdi. Madina Sagatova (15 d. 57 s), Sevara Choriyeva (18d. 07 s) hamda E’zoza Xoshimova (18d.52s) kuchli uchlikdan joy olishdi. Aynan shu sportchilar ta’qib poygalarida raqiblarini quvib yetishlariga imkon berishmadi. Har ikkala yo‘nalishda Toshkent, Namangan, Farg‘ona viloyati sportchilari yetakchilarning asosiy ta’qibchilari bo‘lishdi.

Umumjamoa hisobida Samarqand viloyati sportchilari birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar mos ravishda Surxondaryo va Farg‘ona viloyati biatlonchilariga nasib qildi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 11:31, 23.05.2018.
O'qildi: 2529 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.