Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

O‘zbekistonlik 40 nafar yosh futbolchi «Real Madrid» akademiyasiga yuboriladi

O‘zbekistonlik 40 nafar yosh futbolchi «Real Madrid» akademiyasiga yuboriladi

Baho:
+1 | -

Kecha yurtimizga Ispaniyaning “Qirollik klubi” akademiyasi menejerlari Andres Antonio hamda Xuan Pablo tashrif buyurganligi haqida xabar bergan edik.

Mehmonlar kecha va bugun Toshkentning diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirishdi, bir qator sport tadbirlarimizda ishtirok etishdi, “Bunyodkor” stadioni va futbol akademiyasi faoliyati bilan tanishishdi. Jumladan, “Bunyodkor” stadionida Ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida qatnashishdi.

Andres Antonio jurnalistlarga javob qaytarar ekan, tashrifdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistn futbol assosiasiyasi bilan yaqin hamkorlik qilish, “Qirollik klubi”ning Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida “Real Madrid”da faoliyat yuritayotgan murabbiylarni O‘zbekistonga olib kelish, ular ishtirokida futbol maktablarimizda mashg‘ulotlar o‘tkazish, futbolchilar bilan ishlash jarayonlari haqida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashish, bir so‘z bilan aytganda, 115 yillik tarixsha ega “Real Madrid” akademiyasi dasturlari orqali O‘zbekistonda bolalar futbolini rivojlantirishga hissa qo‘shish ekanligini ta’kidladi.

Uning aytishicha, bu bo‘yicha birinchi qadam shu yilning iyun oyida Toshkentda tashlanadi. “Real Madrid” akademiyasining tajribali uch nafar murabbiyi Toshkentga safarbar etiladi, ular 30 nafar o‘zbekistonlik bolalar murabbiylari hamrohligida 300 nafar iste’dodli yosh futbolchilarga o‘zlarining uslubiyati bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borishadi. O‘z o‘rnida, saralangan 40 nafar o‘zbekistonlik yosh futbolchilar Ispaniyaga safar uyushtirish, jahonning mashhur futbol akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. “Real” klubining rasmiy o‘yinlari tig‘iz ekanligidan kelib chiqib, kelgusida “Real” klubida to‘p surgan sobiq yulduzlarni O‘zbekistonga tashrifini ta’minlash imkoniyati borligini ham gapirib o‘tdi.

Tadbir so‘nggida O‘zPFL bosh direktori “Real Madrid” akademiyasidan tashrif buyuradigan mutaxassislar uchun O‘FA tomonidan barcha shart-sharoitlar muhayyo qilinishi, asosiy maqsad “Qirollik klubi” akademiyasi ish tajribasini o‘rganish, u yerda faoliyat olib borayotgan mutaxassislardan yurtimizda futbolni rivojlantirish borasida tegishli maslahatlar olish ekanini ta’kidladi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 18:42, 23.05.2018.
O'qildi: 9210 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик