Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Sadoqatning ulkan namunasi: «Bavariya» o‘rniga ikkinchi divizion

Sadoqatning ulkan namunasi: «Bavariya» o‘rniga ikkinchi divizion

Baho:
+ | -

Yonas Xektor ikkinchi divizionga tushib ketishi muqarrar klubni Bundesligada «gegemon»lik qilish uchun yaralgan «Bavariya»dan ma’qul ko‘rdi.

Nega? Yakunlangan mavsum «Kyoln»ning ishlari sira yurishmadi: «echkilar» YELda guruhdan chiqa olishmadi, milliy chempionatda esa oxirgi o‘rinni band etishdi.

Qisqasi, «Kyoln»ning Bundesliga bilan xayrlashishi erta kunda oydinlashib qolgandi.

Bundesliga. 31-tur. «Kyoln» - «Shalke» - 2:2. Shu o‘yindan so‘ng kyolnlik futbolchilar maydonda ko‘z yoshi to‘kishdi. Ular 2ta gol urishdi, ammo g‘alaba qozona olishmadi. Shu tariqa mavsum alamli yakunlanishi tasdiqlandi.

Ertasiga esa jamoa muxlislari ko‘ngilga taskin beradigan rasmiy xabar eshitishdi: «Kyoln» ikkinchi divizionda yo‘qolib qolmaydi, negaki, yetakchi futbolchilar hech qayerga ketmaslik haqida va’da berishdi». Jumladan, Germaniya milliy jamoasi himoyachisi Yonas Xektor ham klubda qolishini ma’lum qildi.

Vaholanki, unga Bundesliganing yetakchi jamoalari befarq emasdi. Deylik, «Bavariya» va Dortmund «Borussiya»si vakillari Xektorni diqqat bilan kuzatishayotgandi. Bir yilcha oldin esa, futbolchining «Chelsi» safiga qo‘shilishiga bir bahya qolgandi.

Diqqatga sazovor tomoni, «Kyoln» va Xektor o‘rtasidagi shartnomaga muvofiq, xaridor jamoaning transfer uchun 8 million yevro to‘lashi kifoya qilardi (tovon puli miqdori shuncha edi). Qarangki, nemis yigiti amaldagi jamoasining quyi ligaga tushib ketishi aniqligini bila turib, kutilmaganda, shartnoma muddatini uzaytirdi.

Buni hech kim hattoki, xayoliga ham keltirmagan bo‘lsa kerak. «Xektor - ajoyib futbolchi va shunday yigit. Zamonaviy futbolda bunday olijanob o‘yinchilarni juda kam uchratasiz», - deya vaziyatga izoh berdi taniqli murabbiy Armin Fe.

Futbolchining o‘zi esa hammani hayratga solgan qarorini quyidagicha sharhladi: «Aynan «Kyoln» tufayli hududiy liga futbolidan Germaniya milliy jamoasida o‘ynash darajasiga chiqqanimni aslo unutmayman. Klubdan umrbod minnatdorman.

Qolaversa, Kyolnda o‘zgacha qulayliklarni his qilaman. O‘tgan yoz bemalol jamoani o‘zgartirishim mumkin edi - hech narsa to‘sqinlik qilmasdi. Biroq vijdonim yo‘l qo‘ymadi, ketishni noto‘g‘ri hisobladim.

Ha, keyinchalik ham turli klublarga taklif etishayotgani haqida gap-so‘zlar tarqaldi, men esa vaqtdan foydalanib, hammasini obdon o‘yladim. Mana, yakuniy to‘xtamga keldim: «Kyoln»­ga tegishliman, yangi mavsumni ham shu jamoa va uning ajoyib fanatlari bilan birga boshlashni istayman».

Zamonaviy futbol uchun noyob sadoqat tushunchasi. Xektorning ko‘plab jamoalar qiziqish doirasiga tushganiyu, salohiyati chakki emasligini nazarda tutsak, unga nisbatan hurmat hissi yanada oshadi...

YONAS XEKTOR HAQIDAGI MUHIM FAKTLAR

1). 2017 yilning yanvarida Mesut Ozil Germaniyaning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi. 2016 yil futboli laureatlarini aniqlab bergan o‘sha so‘rovda 3-o‘rinni aynan Xektor egallagandi.

To‘g‘ri, u atigi 4 foiz ovoz olgan va faqat Ozil emas, Toni Kroosdan ham ancha ortda qolgandi. Fakt shuki, Yonas ma’lum vaqt germaniyalik elit futbolchilar reytingining faxriy 3-o‘rnida yurdi. Bunaqasi unutilmaydi.

2). Xektor 2010 yildan buyon «Kyoln» sharafini himoya qilmoqda, ammo faoliyatini bu klubda boshlagan emas. Uning birinchi jamoasi - kamtarin «Auersmaxer». Shu nomdagi shaharchada atigi 3 ming aholi istiqomat qiladi.

Yonas Germaniya futboli tizimida 5-o‘rinda turuvchi ligada to‘p sura boshlagan vaqt professional darajaga chiqishni o‘ylamagan ham. Top-klublar nazariga tushgani haqidagi gap-so‘zlarga esa, uzoq vaqt ishonmagan va barchasiga beparvo qaragan.

3). «Bavariya» skautlari Yonasga uning «Kyoln»ga o‘tishidan bir yilcha oldin e’tibor qaratishgan. Ayni o‘sha vaqtda «Kayzerslautern» va «Xoffenxaym» jamoalari vakillari ham yosh futbolchi bilan bog‘lanishgan.

Umuman, Xektor «Auersmaxer»ga hozir ham befarq emas. Zero, tug‘ishgan akasi uzoq vaqt shu jamoada o‘ynagan. O‘shanda Xektor klub ishtirokidagi o‘yinlarni tez-tez stadionda kuzatardi.

4). Yonas Xektor Germaniya terma jamoasi safida 36ta o‘yin o‘tkazib, 3ta gol urishga ulgurdi. U «Kyoln»ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi va chin yetakchisi. Xektor Bundesliga miqyosida eng kuchli himoyachilar qatorida.

Bo‘lajak jahon chempionatida qatnashish imkoniyati ham chakki emas. Har holda, Yonas Konfederasiyalar kubogi-2017da Yoaxim Lyov ishonchini oqlagandi. Qarang, shunday futbolchi yangi mavsumda Bundesliga-2da o‘ynaydi.

Vaholanki, «Bavariya» taklifini qabul qilib, sovrinlarga ko‘milishi mumkin edi. Lekin bu iqtidorli futbolchining tanlovi!

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 17:53, 24.05.2018.
O'qildi: 5313 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.