Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 3-0 Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor 3-1 Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro 3-2 Andijon
09/10 19:30 Nasaf 2-1 Dinamo
10/10 00:00 Malaga 1-1 Espanyol
10/10 16:30 Arsenal 2-1 Lids
10/10 17:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
10/10 18:00 Qizilqum - Surxon
10/10 19:00 Aston Villa - Brentford
10/10 19:00 Chelsi - Bornmut
10/10 19:00 Ipsvich - Fulhem
10/10 19:00 Sanderlend - Brayton
10/10 19:15 Alaves - Atletiko
10/10 21:30 Man. Yunayted - Tottenhem
10/10 21:30 Barselona - Xetafe
11/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK - Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona - Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya

Prevyu. «Navbahor» – AGMK

Prevyu. «Navbahor» – AGMK

Baho:
+ | -

Pepsi Superliga 13-turi doirasida Namanganning “Navbahor” klubi o‘z maydonida Olmaliqning AGMK jamoasini qabul qiladi.      

Mazkur raqiblar shu kunga qadar milliy chempionatlarimizda 21 marta kuch sinashishgan. O‘zaro o‘yinlarda namanganliklar 6 marta, olmaliqliklar esa 10 marta zafar quchishgan. Beshta uchrashuvda esa kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 30:32, AGMK foydasiga.  

Joriy mavsumning birinchi davrasidagi Olmaliqda kechgan bahsda futbolchilarimiz 2:1 hisobida g‘alaba qozonishgan.

Jamoalarning o‘zaro o‘yinlari tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, oliy ligadagi qarama-qarshilikka 2008 yilda asos solingan. O‘sha yili Namanganda o‘tkazilgan dastlabki uchrashuvda “lochinlar” 2:0 hisobida zafar quchishgandi. Olmaliqdagi javob o‘yinida esa jamoalar durangga imzo chekishgandi – 1:1.

Jamoalar Namanganda shu kunga qadar 10 uchrashuv o‘tkazishgan. Mazkur bahslarda har ikki jamoa uchtadan yutuqqa erishgan bo‘lsa, to‘rtta o‘yinda tomonlar durangga imzo chekishgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 15:13, “Navbahor” foydasiga.

Olmaliqda o‘tkazilgan 11ta bahsning yettitasida mezbonlar g‘alaba nashidasini surishgan bo‘lsa, jamoamiz 3 marta zafar quchgan. Bitta uchrashuvda esa tomonlar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 19:15, AGMK foydasiga.

Bo‘lajak bahsda sevimli jamoamizga omad yor bo‘lishini tilaymiz.

Jamoalarning o‘zaro barcha o‘yinlari natijalari:                               

2008 yil

"Navbahor" - OTMK - 2:0 (1:0)

Gollar: SH.Mirxoldirshoyev (25), D.Hojiyev (85).

OTMK - "Navbahor" - 1:1 (0:1)

Gollar: SH.Mullajonov (66) - SH.SHaripov (10).

2009 yil

"Navbahor" - "Olmaliq" - 0:0

"Olmaliq" - "Navbahor" - 2:0 (1:0)

Gollar: S.Usmonxo‘jayev (27), B.Haydarov (72-pen.).

2010 yil

"Olmaliq" - "Navbahor" - 2:1 (0:0)

Gollar: I.Ergashev (64), M.Mamazulumov (85) - G‘.Jo‘rayev (51).

"Navbahor" - "Olmaliq" - 0:1 (0:0)

Gol: N.Otaqo‘ziyev (68).

2011 yil

"Navbahor" - "Olmaliq" - 0:1 (0:0)

Gol: Z.Pirimov (80).

"Olmaliq" - "Navbahor" - 0:3 (0:1)

Gollar: A.Sultonov (42,67), A.Abdullayev (88).

2012 yil

"Olmaliq" - "Navbahor" - 1:0 (0:0)

Gol: A.Vostrikov (7).

"Navbahor" - "Olmaliq" - 3:1 (2:0)

Gollar: S.Hamidov (8,20), J.Irismetov (60) - S.Berdiyev (74).

2013 yil

"Olmaliq" - "Navbahor" - 3:4 (1:1)

Gollar: SH.Erkinov (6), D.Turopov (52), YE.Gogol (81) - A.Bahriddinov (28,54), R.Ahmedov (67,70).

"Navbahor" - "Olmaliq" - 1:3 (1:3)

Gollar:  S.Hamidov (5) - O.Jo‘raboyev (23), S.SHoahmedov (32,35).

2014 yil

"Navbahor" - "Olmaliq" - 3:1 (2:1)

Gol: B.YOqubov (36), SH.Erkinov (39,63) - SH.Hakimov (28).

"Olmaliq" - "Navbahor" - 3:1 (1:1)

Gollar: A.Isroilov (6),S.SHoahmedov (52,83) - SH.Erkinov (31).

2015 yil

"Navbahor" - "Olmaliq" - 2:2 (1:1)

Gol: SH.Erkinov (38,68) -  SH.Salomov, (45+2), A.Omonov (59).

"Olmaliq" - "Navbahor" - 2:1 (1:0)

Gollar: S.Quttiboyev (5,65) - D.Jabborov (69).

2016 yil

"Olmaliq" - "Navbahor" - 2:1 (1:0)

Gollar: A.Omonov (4), F.Tojiyev (22) - A.Rajabov (71).

"Navbahor" - "Olmaliq" - 3:3 (0:2)

Gollar: A.Abdullayev (47), I.Isoqjonov (49), A.Mahmudov (72) - X.Muxtorov (7), M.Isayev (28), A.Amanov (50).

2017 yil

“Olmaliq” – “Navbahor” – 2:1 (1:0)

Gollar: S.Rixsiboyev (13), I.Yelich (89) – O.O‘runov (90).

“Navbahor” – “Olmaliq” – 1:1 (0:0)

Gollar: N.Yovanovich (83) – SH.Mullajonov (90+2).

2018 yil

AGMK – “Navbahor” – 1:2 (0:0)

Gollar: Z.Polvonov (82) – A.Turg‘unboyev (50), D.Jabborov (90+2).

IMG 2359

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 20:48, 24.05.2018.
O'qildi: 2744 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик