Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

O‘FA «Zo‘r TV» bilan hamkorlikda «Futbol shou» loyihasini yo‘lga qo‘ydi

O‘FA «Zo‘r TV» bilan hamkorlikda «Futbol shou» loyihasini yo‘lga qo‘ydi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi “Zo‘r TV” telekanali hamda “Tasvir” gazetasi bilan birgalikda yurtmizda futbolni ommaviylashtirish, futbolchi bo‘lishni orzu qilgan, ammo ushbu orzusiga yetisha olmagan yoshlarni niyatlariga yetishlari yo‘lida imkoniyat yaratish maqsadida yangi loyihani yo‘lga qo‘ydi.

Mamlakatimizdagi 17 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan, futbolchi bo‘lishni orzu qilgan yoshlar ushbu loyihada ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun “Tasvir” gazetasini sotib olib, gazetada chop etilgan kuponni to‘ldirishlari hamda o‘sha yerda ko‘rsatib o‘tilgan manzilga pochta yoki “Telegram” tarmog‘i orqali yuborishlari lozim bo‘ladi. Loyiha ishtirokchilari soni cheklanmagan.

Kupon yuborgan ishtirokchilar hududlarga bo‘lingan holda viloyatlar miqyosida, tanlov asosida saralab olinadi. Tanlovda hakamlar tomonidan ishtirokchilar turli futbol mashqlari hamda sinovlari orqali sinovdan o‘tkaziladi. Har bir viloyatdan 18 nafar futbolchi bo‘lish istagidagi yoshlar keyingi bosqichga yo‘llanma olish imkoniga ega.

Har bir xududdan saralab olingan futbolchilar so‘nggi bosqichda Toshkent shahrida qaytadan sinovdan o‘tkaziladi hamda ular orasidan eng kuchli 23 futbolchi tanlab olinadi. Ushbu g‘olib futbolchilar Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida tashkil etiladigan “Futbol shou” dasturida O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi maydonga tushadilar. Uchrashuvni terma jamoalarimiz murabbiylari kuzatib borishadi va iqtidor egalarini tanlab olishadi.

“Futbol shou” loyihasida ishtirok etib, o‘z imkoniyatingizni sinab ko‘ring!

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 11:40, 26.05.2018.
O'qildi: 11685 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик