Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Pepsi Superliga. «Qo‘qon-1912» o‘z maydonida qatorasiga ikkinchi mag‘lubiyatni tan oldi

Pepsi Superliga. «Qo‘qon-1912» o‘z maydonida qatorasiga ikkinchi mag‘lubiyatni tan oldi

Baho:
+ | -

Pepsi Superliganing 13-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Qizilqum” uchrashuvi mehmonlarning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakun topdi.

Bugungi uchrashuvga bo‘lgan qiziqish yuqori edi. Mehmonlar oldingi turda “Loko” maydonida durang o‘ynagan bo‘lsa, mezbonlar kutilmaganda o‘z maydonlarida “Buxoro”ga mag‘lub bo‘lishgandi.

16-daqiqada raqib darvozasi oldida yuzaga kelgan xavfli vaziyat Bahodir Akramovning to‘sinni “nishon”ga olishi bilan yakunlandi.

20-daqiqada mezbon himoyachilar jarima maydonchasi ichida “Qizilqum” futbolchisiga qarshi qo‘pollik ishlatishdi. Bosh hakam esa darvozaga penalti belgiladi. Artur Gevorkyanning zarbasini O‘tkir Yusupov qaytarishga erishdi. 30-daqiqada “Qo‘qon-1912” jarima to‘pi tepish huquqiga ega bo‘ldi. Murod Xolmuhammedovning zarbasini mehmonlar posboni qaytardi.

Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida mehmonlar qarshi hujumdan keyin hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Elguja Grigalashvili qo‘qonliklar darvozasini ishg‘ol etdi. Bu yerda futboldagi yovuz qoida o‘z ishini bajardi - “sen urmasang, senga urishadi”. Taym davomida mezbonlar ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘lishlariga qaramay, raqib darvozasini ishg‘ol etishning uddasidan chiqa olishmagan edi.

65-daqiqada mehmonlar sardori Erkin Boydullayev hakam tomonidan qizil kartochka olib maydonning tark etdi. U Sidiqovni ochiqchasiga urgani uchun qizil kartochka bilan jazolandi. 84-daqiqada Yusupov ikki marta “Qo‘qon-1912”ni muqarrar goldan saqlab qoldi. Uchrashuvning qolgan daqiqalarda mezbonlar hisobni tenglashtirish uchun harqancha harakat qilishmasin, navbatdagi mag‘lubiyatni tan olishga majbur bo‘ldi.

Pepsi Superliga. 13-tur.

“Qo‘qon-1912” – “Qizilqum” – 0:1 (0:1)

Gol: Elguja Grigalashvili – 45+1.

“Qo‘qon-1912”: 1. O‘tkir Yusupov, 4. Bahodir Akramov (18. Bahodir Pardayev-76), 7. Jamshid Hasanov (19. Suhrob  Berdiyev -73), 9. Nosir Otaqo‘ziyev, 10. Javohir Sidiqov, 22. Murod Xolmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 29. Igor Taran (17. Quvondiq Ro‘ziyev-61), 55. Darko Gojkovich, 65. Marko Milich, 96. Muhammadanas Hasanov.

“Qizilqum”: 77. Yevgeniy Cheremisin, 4. Erkin Boydullayev, 5. Giorgi Kvesiyeshvili, 11. Doniyor Usmonov (10. Alisher Sanoyev-71), 14. Fayzulla Qambarov, 17. Artur Gevorkyan, 21. Muhsin Ubaydullayev, 23. Sherali Jo‘rayev, 30. Elguja Grigalashvili, 44. Mirjalol Qosimov, 84. Nemanya Yovanovich.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:07, 26.05.2018.
O'qildi: 2254 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.