Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 1-1 Buxoro

Superliga. 90+2-daqiqadagi gol "Buxoro"ni Qo‘qonda mag‘lubiyatdan qutqardi

Superliga. 90+2-daqiqadagi gol "Buxoro"ni Qo‘qonda mag‘lubiyatdan qutqardi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 19-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" va "Buxoro" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Qo‘qondagi "Markaziy" stadionida o‘tkazilgan bahsning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘lim boshida mezbonlar oldinga chiqib olishdi. 49-daqiqada belgilangan penaltini Javohir Sidiqov aniq amalga oshirib, "Qo‘qon-1912"ni hisobda oldinga olib chiqdi — 1:0.

Uchrashuvning 88-daqiqasida "Buxoro" futbolchisi Sardor Qulmatov ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi. Shunga qaramay, mehmonlar bir kishi kam bo‘lib qolgan holda mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi.

90+2-daqiqada Shahzodbek Ubaydullayev jarimadan chiroyli gol urib, hisobni tenglashtirdi — 1:1.

Shu tariqa, "Qo‘qon-1912" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi, "Buxoro" esa safardan bir ochko bilan qaytdi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:59, 24.08.2026.
O'qildi: 973 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик