Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/10 00:00 Valensiya 0-0 Atletik Bilbao
18/10 15:30 Udineze 0-3 Lechche
18/10 17:00 Osasuna 2-0 Rasing
18/10 18:00 Bornmut 2-0 Sanderlend
18/10 18:00 Brayton 5-0 Kristal Pelas
18/10 18:00 Lids 1-1 Man. Yunayted
18/10 18:00 Fiorentina 1-3 Komo
18/10 19:15 Selta 2-1 Alaves
18/10 20:30 Nottingem Forest 0-1 Arsenal
18/10 21:00 Milan 3-2 Atalanta
18/10 21:30 Malaga 2-5 Real Sosyedad
18/10 23:45 Yuventus 0-3 Lasio
19/10 00:00 Real Madrid 4-1 Sevilya
19/10 21:30 Monsa - Kalyari
19/10 23:45 Parma - Torino
20/10 00:00 Xetafe - Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem - Koventri Siti

Nigeriya termasi futbolchilariga rus qizlari bilan muloqot qilish taqiqlandi

Nigeriya termasi futbolchilariga rus qizlari bilan muloqot qilish taqiqlandi

Baho:
+ | -

Jahon chempionatlarida jinsiy muloqotning taqiqlanishini ko‘p muhokama qiladilar. Qaysidir murabbiy diqqat-e’tibordan chalg‘imaslik uchun futbolchilarga buni taqiqlaydi. JCH-2014da Kosta-Rika (guruh bosqichida), Meksika, Chili hamda Bosniya va Gersegovina terma jamoalari shunday taqqiqqa uchragan.

Rossiyada bu narsaga Nigeriya terma jamoasi futbolchilari uchrashi mumkin. Bosh murabbiy Gernot Ror shunday degan: "Oila a’zolari va turmush o‘rtoqlar o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmaydigan kunlari o‘yinchilar bilan uchrashishlari mumkin, O‘yin kunlari esa - yo‘q. Shuningdek, yigitlarga rus qizlarini olib kelishga ham ruxsat bermayman. Faqat sardorimiz Obi Mikelga ruxsat, u rus xotinini olib kelishi mumkin.

"Chelsi"ning sobiq o‘yinchisi, hozirda Xitoyda to‘p surayotgan Obi Mikelning turmush o‘rtog‘i haqiqatan ham rus qizi - Olga Dyachenkodir. Ular Londonda tanishishgan.

Nigeriya Xorvatiya bilan (Kaliningrad), Islandiya bilan (Volgograd) va Argentina bilan (Sankt-Peterburg) bir guruhda kurash olib boradi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 17:14, 29.05.2018.
O'qildi: 5766 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик