Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Mehribonlik uylari o‘rtasidagi Jahon chempionati g‘oliblari taqdirlandi

Mehribonlik uylari o‘rtasidagi Jahon chempionati g‘oliblari taqdirlandi

Baho:
+ | -

Bugun, 30 may kuni poytaxtimizdagi Olimpiya shon-shuhrati muzeyida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan «Chempionlar yurt faxri» tadbiri tashkil qilindi.

Ushbu tadbirda yaqinda Moskva shahrida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yosh futbolchilarimiz, Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Bosh kotibi Sardor Rahmatullayev, Professional futbol ligasi direktori Omon G‘ofurov, shuningdek, Toshkent kimyo-texnologiya instituti qoshidagi akademik lisey o‘quvchilari ishtirok etishdi. 

Tadbir davomida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov so‘zga chiqib, yosh chempionlarimizga o‘zining eng samimiy tilaklarini izxor etdi.

«Eng avvalo qo‘lga kiritilgan ushbu g‘alaba bilan yana bir marotaba tabriklayman. Ushbu g‘alabadan barchamiz xursandmiz. Yurtimizda yaratilgan imkoniyatlar kengligidan mana shunday muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritilmoqda. Siz bugungi kun qahramonlarisiz. Tengdoshlaringiz sizlarga qarab yangi marralarga intiladilar. Kelajakda bundanda katta muvaffaqiyatlar tilab qolaman», – dedi Jasur Matchanov. 

Shundan so‘ng yosh chempionlarga Milliy olimpiya qo‘mitasi sovg‘alari – velosipedlar taqdim etildi.

Taqdirlash marosimidan so‘ng bolalar ashula va raqs guruhi o‘zining chiqishi bilan yig‘ilganlarning kayfiyatini xushnud etdi. So‘ngra tadbir ishtirokchilari yosh chempionlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojat qilishdi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 12:48, 30.05.2018.
O'qildi: 4810 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик