Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi futbol musobaqasining Farg‘ona hududiy bosqichi nihoyasiga yetdi

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi futbol musobaqasining Farg‘ona hududiy bosqichi nihoyasiga yetdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368-sonli Farmoni hamda 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-sonli Qarorlari ijrosini ta’minlash, aholining barcha qatlamlarini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Yil boshidan beri respublika bo‘ylab Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida futbol bo‘yicha “O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Kubogi” musobaqasi o‘tkazilayotganidan futbol muxlislarining xabarlari bor.

Joriy yilning 22-24 may kunlari Farg‘ona viloyatida “Neftchi” PFKga qarashli sport maydonlarida Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlari OTMlari ishtirokida ushbu musobaqaning hudud birinchiligi bo‘lib o‘tdi.

Murosasiz o‘tgan bahslar natijasiga ko‘ra, Namangan davlat universiteti jamoasi 1-o‘rinni, Andijon davlat universiteti jamoasi 2-o‘rinni hamda Farg‘ona davlat universiteti jamoasi esa faxrli 3-o‘rinlarni egalladilar.

Joriy musobaqaning navbatdagi o‘yinlari 8 iyun kuniga qadar Toshkent shahri, Samarqand, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari bo‘ylab davom etadi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 13:03, 30.05.2018.
O'qildi: 1979 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик