Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Azamat Isroilov: «Hozirgi Superliga ko‘p jihatdan Oliy ligadan farq qiladi»

Azamat Isroilov: «Hozirgi Superliga ko‘p jihatdan Oliy ligadan farq qiladi»

Baho:
+ | -

So‘nggi paytlarda yurtimizda futbol darajasini yanada oshirish, o‘zbek futbolini yanada rivojlantirish yo‘lida ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda.

PFL matbuot xizmati Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi a’zosi Azamat Isroilov bilan suhbatda mamlakat milliy chempionati qanday o‘tayotgani to‘g‘risida, shuningdek qilinayotgan o‘zgarishlar borasida futbolchilarning o‘zlari qanday fikrda ekani bilan qiziqdi. Suhbat davomida mahoratli himoyachi sekin-asta “millionlar o‘yini” yurtimizda yangi darajaga ko‘tarilayotganini ta’kidladi. 

- Azamat, O‘FA hamda PFL tomonidan o‘zbek futbolini isloh etish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlardan xabardorsiz. Mazkur islohotlar qay darajada samara bermoqda, deb o‘ylaysiz?

- Chindan ham bu yil o‘zbek futbolida bir qator o‘zgarishlar ro‘y berdi. O‘FA va PFLning yangi rahbariyati ko‘plab jabhalarda qo‘rqmasdan yangiliklarga qo‘l urmoqda. Yangi loyihalar amalga oshirilyapti, futbolimizga “yangi qon” olib kirilyapti. Bularning bari futbolning rivoji uchun qilinayotganini barchamiz ko‘rib turibmiz. Ishonamanki, hali bu o‘zgarishlar o‘z samarasini beradi, albatta. Zero yurtimizda futbolni sevishadi. O‘zbekistonda iste’dodlar ko‘p. Ularni to‘g‘ri tarbiyalansa, ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatilsa, yetuk futbolchilar chiqishiga aminman. Shunda bizning milliy terma jamoamiz ham Jahon chempionatlarida ishtirok etadigan bo‘ladi. 

- Yangicha formatda o‘tkazilayotgan milliy chempionatimiz haqida nima deya olasiz? Superliga o‘z nomiga munosib tarzda o‘tmoqdami?

- Avvalgi Oliy ligadan farqli o‘laroq, Superliga chindan ham o‘zgacha darajada ekani bilinib turibdi. O‘yinlar ancha shiddatli va kurashlarga boy tarzda kechyapti. Har bir uchrashuvga imkon qadar jiddiy hozirlik olib borish va raqibni puxta o‘rganish talab etilyapti. Yo‘qsa, xatto yetakchi jamoalar ham kutilmaganda quyi pog‘onada borayotgan jamoalarga imkoniyatni boy berib qo‘yyapti. Bu esa o‘z navbatida milliy chempionatimizga bo‘lgan e’tiborni kuchaytiryapti. 

- Demak, Superligada maydonga tushish futbolchilarning o‘zlari uchun ham yoqimli bo‘lyapti,  shundaymi?

- Albatta!  Superliganing avvalgi Oliy ligadan farqli jihatlaridan yana biri – tashkilotchilik. Hozir har bir o‘yinimiz televideniye orqali namoyish etilyapti. O‘yinlarning o‘tkazilishida ham yangiliklar qilindi. Maydon ichida va uning atrofida ancha inson mehnat qilib, futbol uchrashuvining yaxshi saviyada kechishi uchun urinayotgani shundoqqina bilinib turibdi. Chempionat o‘z titul homiysiga ega bo‘ldi. Bunaqasi ham avval bo‘lmagan edi. Qolaversa, o‘yinlar OAV orqali ancha yaxshi yoritila boshlandi. Bu ham muxlislarning futbolga bo‘lgan qiziqishini va e’tiborini yanada orttiradi. 

- Stadionlarimizda muxlislar soni ko‘paydi. Endilikda stadionlarga ishqibozlar tashrifi orta boshladi…

- Ha, futbol – muxlislar uchun o‘ynaladi. Bo‘m-bo‘sh stadionda to‘p tepish futbolchilar uchun ham yoqimsiz. Shu sababli ham bu yil muxlislarning o‘yinlarga tashrifi ancha ortgani bizni ham xursand qilmoqda. Bu yil har bir o‘yin bayramona tarzda o‘tkazilmoqda. Superliga stadionlarida muxlislar uchun tashkil etilayotgan ko‘ngilochar tadbirlarni alohida e’tirof etish kerak. Albatta,muxlislar bilan to‘lgan stadionda to‘p tepish zavqli. Futbolchi yanada kuch oladi. Ularni xursand etish uchun maydonda bor mahoratini ishga soladi. Umuman olganda, hozir qilinayotgan islohotlar yaqin vaqt ichida o‘zbek futbolining yangi darajaga chiqishiga turtki bo‘lishiga ishonaman. 

Intervyu “So‘g‘diyona” PFK matbuot xizmati bilan hamkorlikda uyushtirildi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 10:52, 04.06.2018.
O'qildi: 2909 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик